Rasmiy va norasmiy iqtisodiyot tushunchalarining mazmuni va farqi nimalardan iborat?
“Kulrang” norasmiy iqtisodiyotning namoyon bo‘lish shakllari nimalardan iborat?
Rivojlangan mamlakatlarda norasmiy iqtisodiyotning o‘ziga xos xususiyatlari nimaldardan iborat?
Rivojlanayotgan mamlakatlarda «norasmiylik»ning o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
“Norasmiylik”ni tahlil qilishga qanday neoinstitutsional yondashuvlar mavjud?
Sotuvchilar xulq-atvorining tahlili qanday amalga oshiriladi?
Xaridorlar xatti – harakatlari tahlili: rentaizlovchilik va axborotlar izlash deganda nimani tushunasiz?
Ernando de Sotoning “kul rang” xufyona iqtisodiyot konsepsiyasining mazmuni va ahamiyatini tushuntirib bering.
Nolegallikning salbiy doiraviy ta’sirining oqibatlari nimalardan iborat?
Norasmiy iqtisodiyotning rivojlanishining hozirgi zamon umumiy qonuniyatlari nimalardan iborat?
VIII BOB. INDIVIDUAL JINOYATCHILIK XATTI- HARAKATLARINING IQTISODIY TAHLILI.
Jinoyatchilikindividual ratsionaltanlovsifatida.
Ratsional jinoiy xatti – harakat modelining cheklanganligi.
Jinoyatlargaqarshikurashningoptimalxarajatlari.
G. Bakkerning jinoyat va jazo iqtisodiyot nazariyasi.
Erlixmodeliningasosiymazmuni
Iqtisodiyotning kriminallashishiga qarshi kurash yo‘llari.
Jinoyatchilikindividual ratsionaltanlovsifatida.
Neoinstitutsionalistlarning ta’kidlashlaricha, jinoyatchi o‘zini mohiyatan qonunga me’yorida rioya qiladigan fuqaro sifatida tutadi - o‘zining ixtiyoridagi mavjud inson va jismoniy kapitalidan samaraliroq foydalanishga urinadi. «Shu tariqa, jinoyatchi bo‘lishga qaror qilish tosh teruvchi yoki duradgor bo‘lishga, yoki iqtisodchi bo‘lishga qaror qilishdan farq qilmasligini hisobga olish mumkin, - deb yoziladi sharhlovchi maqolalardan birida. Individ har bir muqobillarning sof xarajatlari va foydalarini ko‘rib chiqadi va shu asosda o‘z qarorini qabul qiladi»161. Biroq duradgorlik va jinoyatchilik “kasbi” o‘rtasida bor-yo‘g‘i bitta tafovut mavjud bo‘lib, uni iqtisodchilar ancha ilgari sezganlar. Uni yaxshi anglash uchun birgina, xususiy va empirik iqtisodiy-kriminologik tadqiqotga murojaat qilish o‘rinli.
1972 yilda amerikalik iqtisodchi Maykl Sesnovitsning “Tajovuzkorona o‘g‘irlikdan olingan daromad” nomli kichik maqolasi chop etilgan162. Uning muallifi Pensilvaniya shtatining 1967 yil davomidagi kriminologik statistikasi aniq ma’lumotlari asosida buzib o‘g‘rilik qiluvchining “kasbi” (buzib o‘g‘rilik qilish, burglary –
161 Rubin P. H. The Economics of Crime // The Economics of Crime. Cambridge (Mass.), 1980. P. 13.
162Sesnowitz M. Returns to Burglary // The Economics of Crime. Cambridge (Mass.), 1980. C. 181 - 186. (Mazkur maqola birinchi marta quyidagi nashrda chop etilgan: Western Economic Journal. 1972. Vol. 10. No. 4. P. 477-481.)
AQSh da eng keng tarqalgan jinoyat turi) qanchalik foydali ekanligini aniq baholashga va shu orqali jinoyatchilik faoliyatidan daromadlilik hisobining umumnazariy modelidan foydalanishga aniq misol keltirishga urindi.
Buzib o‘g‘rilik qilish boshqa turdagi jinoyatchilik faoliyatlari kabidir – bu, deb ta’kidlaydi muallif, yuqori riskli faoliyatdir, shu sababli o‘g‘ri qo‘lga tushish va sudlanish bilan tavakkal qiladi. Agar jinoyatchining sof daromadi turli omillarga bog‘liqligini formula ko‘rinishida ifodalashga harakat qilinadigan bo‘lsa, u quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: