7.3.1-rasm. Nolegallikning salbiy doiraviy ta’siri158
158 Qarang: Наумов Ю.Г., Латов Ю.В. Экономическая безопасность и теневая экономика. Учебник. М.: Академия управления МВД России, 2016. –С.175.
7.3.2-rasm. Nolegallikning salbiy doiraviy ta’sirining oqibatlari159
E.de Sotoning novatorlik g‘oyalaridan yana biri G‘arbiy Yevropadagi burjua revolyutsiyalarining kapitalist-nolegallarning merkantilistik-kapitalistlarning ustidan qozonilgan g‘alabasi deb interpretatsiya qilishidir. Uning fikricha “uchinchi dunyo” XVI- XVIII asrlarda yuz bergan dramalarni hozir o‘z boshidan kechirmoqda. Monopolist “renta izlovchilar” manfaatlarini himoya qiluvchi G‘arbiy Yevropa davlatlari ishlab chiqarish standartlarini kiritdilar, lekin nolegal raqobatli ishlab chiqarish uzluksiz ravishda o‘sib bordi. Oxir-oqibat tinch (Angliyada bo‘lgani kabi) yoki zo‘rlik yo‘li bilan (Fransiyadagidek) merkantilistik tizim sindirildi, monopoliyalar huquqiy himoyadan mahrum bo‘ldilar va amalda barcha tadbirkorlikka erkin erishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Kishilarning qo‘llari bo‘shatildi va ularning energiyalari davlatga qarshi emas, balki ishlab chiqarishga yo‘naltirildi160. Shunday qilib, E.de Sotoning mazkur kitobida norasmiy iqtisodiy sektorning
159 Qarang: Наумов Ю.Г., Латов Ю.В. Экономическая безопасность и теневая экономика. Учебник. М.: Академия управления МВД России, 2016. –С.175.
160 Э.де Сото, С.277.
majudligi va rivojlanishi sabablari qoloqlik va kambag‘allik, qashshoqlik emas, balki byurokratik tashkillashtirish, byurokratik burjua manfaatlaridan kelib chiqib, iqtisodiyotni byurokratlashtirish oqibati ekanligini ko‘rsatib berdi.
Norasmiy iqtisodiyotning rivojlanishining hozirgi zamon umumiy qonuniyatlari
Xorijiy tadqiqotchilarning norasmiy iqtisodiyot to‘g‘risidagi zamonaviy ilmiy tasavvurlarini umumlashtirib, quyidagi xulosalarni shakllantirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |