Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan muhandislik-qurilishi instituti iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti shaxarsozlik va kommunal infratzulmani boshqarish kafedrasi



Yüklə 230,28 Kb.
səhifə26/47
tarix19.12.2023
ölçüsü230,28 Kb.
#187113
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   47
Bino va inshootlarni barpo etish tehnologiyasi-fayllar.org

Nazorat savollari: 1.Muhandislik–geologik
tadqiqotlar va geodezik rejalash asoslarini yaratish. 2.Maydonni tozalash va
tekislash
3.Er usti va yer osti grunt suvlarini qaytarish.
4.Maydonni qurilishga tayyrlash va uni jihozlash.
5.Bino va inshootlarni aniq va to’g’ri barpo etishning geodezik ta’minoti
5- ma’ruza. Y E R OSTI INSHOOTLARINI BARPO ETISH 
TEXNOLOGIYALARI 
Ma’ruza rejasi: 
1. Er osti inshootlarini qurish uchun ―grunt ichida devor‖ texnologiyasi.
2. Sanoat va fuqaro binolari uchun nolg’ tsikli ishlari
3. Kotlovanni qazish va zaminni tayyrlash
4. Binoning yer osti qismini montaji.
1. 
Er osti inshootlarini qurish uchun “grunt ichida devor” texnologiyasi. 
Er osti inshootlari gidrogeolik sharoitlar va o’rnatilish chuqurligiga bog’liq
holda turli usullarda amalga oshiriladi, ulardan asosiylari – ochiq, ―grunt
ichidagi devor‖ va tushirilgan quduq usullaridir.
―Grunt ichidagi devor‖ texnologiyasining mohiyati shundan
iboratki, gruntda planda turli xil shaklga ega bo’lgan qazilmalar va transheyalar barpo
etilib, ular ustiga monolit yki yig’ma temir betondan iborat yer osti inshootining
to’suvchi konstruktsiyalari barpo etiladi, so’ngra bu konstruktsiyalar himoyasida ichki
gruntli yadro ishlab chiqiladi, tubi quriladi va ichki konstruktsiyalari barpo etiladi.
Mamlakatimiz amaliytida ―grunt ichidagi devor‖ usulining bir qancha
turlari qo’llaniladi:
qoziqli, bunda to’suvchi konstruktsiyalar burg’ulab to’ldirilgan vertikal
qator qoziqlardan tashkil topadi;
transheyali, monolit betondan yki yig’ma temirbeton elementlardan zich
devor tarzida ishlanadi.
Bunday texnologiya shahar qurilishi sharoitlaridagi mavjud binolar yaqinida,
korxonalarni qayta qurishda, gidrotexnik qurilishdagi y e rosti inshootlarini barpo
etishda istiqbolga ega.
―Grunt
ichidagi
devor‖
texnologiyasidan
foydalanib,
quyidagilarni barpo etish mumkin:
• filg’trlashga qarshi to’siqlar;
• yuzaga yaqin joylashgan tunnellar metro uchun;



34
• erosti garajlari, avtomobilg’ yo’llaridan o’tish


yo’llari va
kesishmalar;
• suyuqlik saqlovchi idishlar va tindirgichlar;
• turar – joy va sanoat binolari poydevorlari.
Gruntning xossalari va uning namligiga bog’liq holda devorlarni barpo
qilishning ikki turi – quruq va xo’l turlari qo’llaniladi. Gruntli qorishma talab
etilmaydigan quruq usul, namligi kamroq barqaror gruntlarda devorlarni barpo etishda
qo’llaniladi.
Qoziqli devorlar ham quruq, ham xo’l usullarda barpo etilishi mumkin, bunda
ketma-ket quduqlar burg’ulanadi va ularda qoziqlar betonlanadi.
Odatda gruntga ishlov berish jaraynida va beton qorishmasini joylashda
transheyalarning devorlarni yemirilishidan (nurashdan) mustahkamlashni talab
qiluvchi, suvga to’yingan nobarqaror gruntlarda devorlar xo’l usulda barpo etiladi. Bu
usulda yer qazish mashinalarining ishlash jaraynida odatda qazilmalar va transheyalar
devorlarining mustahkamligiga ularni tiksotrop xossali gruntli qorishmalar
(suspenziyalar) bilan to’ldirish orqali erishiladi. Tiksotroplik – dispers tizimning
mexanik tahsiri natijasida buzilgan dastlabki strukturasini tiklovchi muhim texnologik
xossasidir. Loyli qorishma uchun bu tinch holatda quyuqlashish va transheyalar
devorlarini o’pirilib tushishdan saqlash, ammo tebranuvchi tahsirlardan suyuqlashish
qobiliyatidir.
Loyli qorishma ostida zarur chuqurlik va kenglikkacha ochiq bo’lgan
qazilmalarda bu qorishmani asta-sekin ko’taruvchi yki to’suvchi konstruktsiyalar
sifatida monolit beton, yig’ma elementlar, gruntning tsement yki boshqa materiallar
bilan turli xil aralashmalaridan foydalanib, asta-sekin o’rnini almashtiriladi.
Bentonitli loylar eng yaxshi tiksotrop xossalarga ega. Loyli qorishma tahsirining
mohiyati shundaki, transheya devorlarining buzilishiga (o’pirilishiga) to’sqinlik
qiluvchi gidrostatik bosim hosil qilinadi, bundan tashqari, devorlarda loydan 2 ... 5 mm
qalinlikdagi amalda suv o’tkazmaydigan plynka hosil bo’ladi. Qazilmalar devorlarini
loylash jarayni shpunt qoqish, suvni pasaytirish va gruntni muzlatish kabi yrdamchi
va og’ir mehnatni talab qiluvchi ishlardan voz kechishga imkon beradi.
Transheyalarni qazishda tsiklik va uzluksiz ishlovchi uskunadan foydalaniladi;
odatda transheyalarning eni 500...1000 mm ni tashkil etadi, ammo 1500...2000 mm
ga ham yetishi ham mumkin.
Transheyalarni loyli qorishma himoyasida ishlab chiqish uchun umumiy
vazifani bajaruvchi y e r qazish mashinalari – greyferlar, draglayn va teskari
chumichli, aylanuvchi burg’ulash qurilmalari va zarb bilan burg’ulovchi qurilmalar va
maxsus chumichli, frezerli va yo’nuvchi qurilmalardan foydalaniladi.
Burg’ulash qurilmasi ―grunt ichidagi devor‖ni 100 m gacha
chuqurlikdagi har qanday grunt sharoitida qurishga imkon beradi.
―Grunt ichidagi devor‖ usulini quyidagi holatlarda qo’llash maqsadga
muvofiq emas:
• g’ovak va kavakli, yumshoq sochiluvchan ag’darma gruntlarda;
• oldin g’isht terimi bo’lgan, singan beton va temirbeton elementlari bo’laklari,
metall konstruktsiyalari bor va boshqa uchastkalarda;
• bosimli yerosti suvlari yki gruntlarning katta mahalliy filg’tratsiyali
xududlarida.
Ish texnologiyasining eng oddiysi filg’trlashga qarshi to’siqlarni qurish bo’lib,
ular odatda monolit betondan, og’ir, qattiq loydan tayyrlanadi. To’siqlarning vazifasi



35
to’g’onlarning (plotinalarni) jismiga suv singib o’tishini bartaraf etishdir.


Filg’trlashga qarshi to’siq kotlovanlarni qazishda, ularni yerosti suvlari
bosishidan himoyalash uchun qo’llanilishi mumkin. Bunda gruntni muzlatish yki
yerosti suvlari satxini ninafilg’trlash yo’li bilan pasaytirish ehtiyji yo’qoladi. To’siq
doimiy ravishda amal qiladi, bunda qolgan usullardan faqat ishlar bajarilaytgan
davrdagina foydalaniladi, holbuki yerosti suvlari juda agressiv (tajovuzkor) bo’lishi
ham mumkin.
Mavjud binolarning paydevorlari yaqin joylashgan hollarda transheyalarni
qazish ishlari, undan keyingi ishlarni amalga oshirish kabi alohida qamrovlar bilan
bajariladi, yahni birinchi, uchinchi, ikkinchi, beshinchi, turtinchi va h.k.
Betonlashning qamrab olish uzunligini (qamrovlar) 3 m dan 6 m gacha qilib
belgilanadi va quyidagi mezonlar bo’yicha aniqlanadi:
• transheyaning mustahkamligini tahminlash shartlari;
• qabul qilingan betonlash jadalligi;
• transheyalarni qazuvchi mashinalarning turi;
• ―grunt ichidagi devorning‖ konstruktsiyasi va vazifasi.
Monolit konstruktsiyalarning ―grunt ichidagi devor‖ usuli bilan qurishdagi
ishlar ketma – ketligi quyidagicha (6.1-rasm):
1) qamrab olishda chetki quduqlarni burg’ulash;
2) transheyani ayrim qismlarga ajratib ishlov berish yki butun uzunligi
bo’yicha ketma – ket ochiq sirtni bentonitli qorishma bilan transheyani alohida
qamrovlarga chegaralagichlar bilan ajratib, doimiy to’ldirish;
3) to’la ochiq qamrovda armatura karkaslarini montaj qilish va transheya
tubiga betonquyuvchi quvurlarni tushirish;
4) beton qorishmasini vertikal siljuvchi quvur usuli bilan joylashtirib loyli
qorishmani zaxira idishga yki transheyaning ishlov beriladigan qo’shni qismiga siqib
chiqarish bilan,
6.1.-rasm. ―Grunt ichidagi devor‖ qurilishining texnologik sxemasi:
1 - forshaxtaning tuzilishi (transheya ustining mahkamlanishi); 2 - transheyani
qamrov uzunligi bo’ylab kavlash; 3 – cheklagichlarni o’rnatish (qamrovlar
orasidagi to’siq); 4 – armatura karkaslarini montaj qilish; 5 – qamrovda vertikal
siljuvchi quvur usuli bilan betonlash.



36
―Grunt ichidagi devor‖ armaturasi davriy profilli po’latdan qilingan


fazoviy karkasdan iborat bo’lib, u transheya kengligidan 10...
12 sm kichikroq bo’lishi kerak. Yopishib qoladigan loy plynkasi qalinligini
kamaytirish va armaturaning beton bilan ishlashini oshirish uchun armaturali
karkaslarni transheyaga tushirishdan avval suv bilan xo’llab olish maqsadga muvofiq.
Betonlashni beton qorishmasini uzluksiz ytqizish va u bilan butun qamrovni
bir maromda pastdan yuqorisigacha to’ldirish vertikal siljuvchi quvur usuli bilan
amalga oshiriladi.
Betonquyuvchi quvurlar – diametri 250...300 mm, devorlarining qalinligi 8...10
mm, bo’yni - quvur hajmiga mos, olinuvchi klapan bo’yindan pastda, pijlar qalin
matodan qilingan.
Qamrov o’lchamining cheklagichlari:
• transheyaning chuqurligi 15 m gacha bo’lganda diametri transheya enidan
30...50 mm kichik bo’lgan quvurlar qo’llaniladi; ularni qamrovda betonlash
tugallangandan so’ng 3 ... 5 soatdan keyin olinadi va hosil bo’lgan bo’shliq darhol
beton qorishma bilan to’ldiriladi;
• transheyaning chuqurligi 30 m gacha bo’lganda cheklagich po’lat list
ko’rinishida o’rnatiladi, u armaturali karkasga payvandlanadi. Zarur bo’lganda listga
shvellerlar payvandlab kuchaytiriladi.
Qamrab olish (qamrov) uzunligi 3 m dan ortiq bo’lganda betonlash odatda
ikkita beton quyuvchi quvurlar orqali bir vaqtda amalga oshiriladi. Betonning
plastikligini
oshirish
uchun
va
uni
ytqizish
qulay
bo’lishi
uchun
plastifikatsiyalovchi qo’shimchalar – spirtli barda, superplastifikatorlar qo’llaniladi.
Betonlashda tanaffuslar – yzda – 1,5 soatgacha, qishda – 30 minutgacha.
Loy zarralari bilan ifloslangan beton qorishmasining yuqori qismini
keyinchalik olib tashlash uchun beton qorishmasi konstruktsiya balandligidan 10...15
sm ortiq qilib ytkiziladi. Vibrozichlashtirishdan foydalanilganda vibratorlarni beton
quyuvchi quvurning pastki uchiga mahkamlanadi. Uzunligi 20 m gacha bo’lgan
quvurlarda bitta vibrator, 50 m gacha bo’lgan quvurlarda – ikkita vibrator
qo’llaniladi.
Quvurlarni qamrovlar chegarasida albatta tortib olinadi. Erta olib qo’yish
hosil bo’lgan sferik qobiq qirralarining buzilishiga olib keladi, bu maqsadga muvofiq
emas, keyinchalik esa quvurning beton va yer o’rtasida qisilib qolishiga olib keladi va
bunda uni ajratib olish uchun katta kuch kerak bo’lib qoladi. SHuning uchun ko’pincha
quvurlar o’rniga listli temirdan, shveller yki qo’shtavrdan inshootning armaturali
karkaslariga albatta payvandlab qo’yiladigan olinmaydigan kashak (ulagich)
qo’yiladi.
Bahzida transheya chetlarining buzilishidan va to’kilishidan muhofaza qilish
uchun yig’ma elementlardan yki forshaxta metallidan – gruntning yuqori qatlamarini
kuchaytirish uchun 1 m gacha chuqurlikdagi transheyalarning bosh qismlari yki bu
transheya 1 m gacha chuqurlikkacha devorning yuqori qismlari mustahkamlab
quriladi.
―Grunt
ichidagi
devor‖
texnologiyasining kamchiliklari:
armaturani beton bilan ishlashi ymonlashadi, chunki armatura sirtiga loy
qorishmasi zarralari ypishib qoladi;
qish paytida
ishlarni
bajarishda ko’p murakkabliklar vujudga keladi, shuning uchun sharoit imkon
berganda yig’ma va yig’ma – monolit variantlardan foydalaniladi. Yig’ma



37
temirbetonning qo’llanilishi quyidagilarga imkon beradi:


• ishlarni amalga oshirishning industrialligini ko’tarishga;
• oqilona
shakldagi:
g’ovakli,
tavrli
va
ikki
tavrli
konstruktsiyalarni qo’llanishga;
• barpo etilgan inshootlarning sifat kafolatiga ega bo’lishga.
Yig’ma temirbetonning kamchiliklari: buyumlarni tayyrlash uchun har gal
individual kesim va uzunlikdagi maxsus texnologik moslama talab etiladi;
maxsulotlarni qurilish maydonchasiga tashishning murakkabligi; quvvatli montaj
kranlarining kerakliligi; yig’ma temirbetonning qiymati monolitnikidan ancha
yuqoriligi.
Yig’ma elementlar orasidagi vertikal tirqishlar (oraliqlar) ishlarni quruq holda
olib borish usulida tsement qorishmasi bilan to’ldiriladi. Ho’l usulda ishlashda esa,
transheyaning tashqi qo’yini tsement, qum qorishmasi bilan, ichki qo’yini esa –
qum – graviy qorishmasi bilan to’ldiriladi. Tashqi
to’ldirish
keyinchalik
gidroizolyatsiya sifatida xizmat qiladi.
Yig’ma – monolit y e chimning ikki varianti qo’llaniladi: inshootning pastki
qismi mahlum darajagacha monolit betondan
iborat, yuqorida ytuvchi konstruktsiyalar – yig’ma elementlardan iborat; yig’ma
elementlar koshin-qolip ko’rinishida qo’llanilib, u
transheyaning ichki sirtiga o’rnatiladi, tashqi sirti monolit beton bilan to’ldiriladi.
Tunnellar
va
rejadagi
berk
inshootlarni
qurishda
tashqi devorlar
qurilgandan so’ng inshootning ichki qismidagi grunt olib chiqiladi va ag’darib
haydalgan y e rga(ag’darma) to’kiladi, tubi betonlanadi yki inshootning ichki
konstrukiyalari ostiga poydevor quriladi.

Yüklə 230,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin