Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan muhandislik-qurilishi instituti iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti shaxarsozlik va kommunal infratzulmani boshqarish kafedrasi



Yüklə 230,28 Kb.
səhifə29/47
tarix19.12.2023
ölçüsü230,28 Kb.
#187113
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   47
Bino va inshootlarni barpo etish tehnologiyasi-fayllar.org

Stakan turdagi poydevorlar. Asos tayyrlangandan so’ng poydevorlar o’qlari
belgilab olinadi, ular oldin obnoskaga olib chiqiladi keyinchalik poydevorlar
o’rnatiladigan joyda belgilab chiqish uchun. Buning uchun obnoskaga o’q torlari
tortiladi va shoqul yordamida ularning kesishgan nuqtalari kotlovanlar va
transheyalarning tubiga ko’chiriladi (7.1-rasm).
Barcha karkasli binolarda stakan turidagi poydevorlar yuqori kesimda manfiy
belgi – 0,15 m ga ega, bu esa qulay payt kelganda pol ostiga betonli tayyrgarlikni
bajarishga imkon beradi, demak nolg’ tsiklining ishlarini to’liq hajmda tugatishga
imkon beradi.



39
O’rnatilish hududida joylashgan poydevorlar stakanlari tubining satxi


tekshiriladi. Zarur bo’lganda yerli yki qumli asosda chuqurliklar qilinadi. Poydevorlar
o’qlari kesishgan nuqtalardan ruletka yki shablon (andoza) yordamida har bir
stakanning yn qirralarining holati belgilab olinadi. Bu holatni yerga qoqilgan uchta
qoziqcha yki metall shtirlar bilan maxkamlanadi.
7.1.-rasm. Stakan turidagi poydevorlarning holatini belgilab qo’yish: 1-
binoning bosh o’qlari; 2 – obnoska; 3 – o’qlarning holatini ko’rsatuvchi
mixlar; 4 – andoza; 5 – qoziqlar, shtirlar.
Lentasimon turdagi poydevorlar – bloklar-ystiqlar. Yig’ma lentasimon
poydevorlar ikki turdagi bloklardan tuzilgan bo’lib, ulardan biri poydevor asosiga
joylashtiriladigan blok – ystiqlar va ikkinchisi – binolarning yer osti qismi devorlari
hisoblangan devor bloklaridir.
Lentali ystiqlarni montaj qilishda dastlab o’qlar kesilgan nuqtadan metr bilan
poydevor lentasining tashqi qirrasining loyihaviy holati o’lchanadi va ikkita metall
shtir shunday qoqiladiki, bunda ular orasida tortilgan sim prichalka poydevorlar
lentasi chizig’idan 2 ... 3 mm tashqarida joylashsin (7.2-rasm). Agar loyihada boshqa
ko’rsatmalar bo’lmasa, u holda qumli gruntlarda poydevor bloklari bevosita
tekislangan asosga joylashtiriladi, boshqa gruntlarda – qalinligi 10 sm bo’lgan
qumli ystiq ustiga joylashtiriladi.
7.2 - rasm. Poydevor ystiqlarining holatini belgilash:
1 – obnoska, 2 – qirradagi (chetdagi) poydevor ystiqlari; 3 – prichalka.
Asos belgisi nivelirlash bilan tekshiriladi. Lentali poydevorlarni montajini
burchaklardagi mayq bloklardan va devorlar kesishgan joylardan boshlanadi.
SHundan so’ng reja-ip bloklarning yuqori – tashqi qirrasiga darajasigacha ko’tariladi
va unga ko’ra barcha oraliq bloklar joylashtiriladi.
Yon qo’yinlar va blok ystiqlar orasidagi 10...15 sm gacha ochiqliklar
(ajralishlar) montaj qilish jaraynida qum bilan to’ldiriladi va zichlashtiriladi. Gruntni
ortig’i bloklar sirtidan sidirib olib tashlanadi. Bo’ylama va ko’ndalang devorlar
kesishgan joylarda blok-ystiqlar zichlab joylashtiriladi, ular orasidagi qo’shilgan
joylar beton qorishmasi bilan tuldiriladi. Mayqli ystiqlar o’rnatilgandan so’ng prichalka
ystiqlar qirrasining yuqori qirrasi satxigacha ko’tariladi.
Odatdagi gruntlarda poydevorlar ystiqlari yuqorisi gorizontal gidroizolyatsiya
qilinadi, uning ustidan 30 mm qalinlikda tsement qorishma tortiladi. Kuchsiz
gruntlarda va poydevorlarning notekis cho’kishi mumkin bo’lgan holatlarda



40
poydevor ystiqlari usti bo’yicha tsement – qum qorishmasiga armatura to’ri


joylashtiriladi, bu yuqorida ytgan bloklar va konstruktsiyalardan tushadigan
yuklanishlarning ancha bir tekis taqsimlanishiga olib keladi. To’r sterjenlari diametri
loyihaga ko’ra qabul qilinadi, lekin 5 mm dan kam bo’lmasligi kerak. TSement
suvog’i (qorishma) qilinishi tugatilgandan keyin kotlovani montaj qilingan poydevor
ystiqlari yuqorisigacha grunt bilan to’ldirish maqsadga muvofiq.
Poydevor asos osti sifatida shibbalab zichlashtirilgan shag’al o’stidan qo’yilgan
beton tayyrgarlik yki ayrim hollarda, asos plitasi xizmat qiladi. Vertikal opalubka
geodezik rejalash bo’yicha berilgan yo’nalishlar bo’yicha o’rnatiladi.

Yüklə 230,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin