Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan muhandislik-qurilishi instituti iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti shaxarsozlik va kommunal infratzulmani boshqarish kafedrasi


Er to’la devor bloklarini montaj qilish



Yüklə 230,28 Kb.
səhifə30/47
tarix19.12.2023
ölçüsü230,28 Kb.
#187113
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   47
Bino va inshootlarni barpo etish tehnologiyasi-fayllar.org

Er to’la devor bloklarini montaj qilish. Poydevor yerto’la devorlari ystiqlari
va bloklari texnologik karta bo’yicha, unda keltirilgan bloklarni joylashtirish sxemasi
bo’yicha joylashtiriladi, bunda poydevorlar orqali binoga truboprovodlar va
kabellarni kiritish uchun teshiklar va ular orasida o’tish yo’li qoldirilishi hisobga
olinadi.
Devor poydevor bloklarini montaj qilish boshlanguncha poydevor ystiqlari
lentasida ko’ndalang va bo’ylama o’qlar belgilab olinadi, bu maqsad uchun
obnoskadagi simli o’qlardan foydalaniladi. Poydevor bloklarini montaj qilish
burchaklardagi – bino fasadi bo’yicha ikki chetki bloklarni o’rnatishdan boshlanadi.
Burchakdagilardan so’ng oraliq mayq bloklari bir – biridan 20...30 m masofada
o’rnatiladi, ular bo’ylab poydevorning tashqi chetidan 2...3 mm masofada mayq
prichalkalari tortiladi. Prichalka o’rnatilgan bloklar qatori satxidan 4...5 sm yuqoriroq
qilib joylashtirilishi kerak. Montaj davomida prichalka yuqoriga bloklarning
navbatdagi qatoriga ko’chiriladi, uning satxi ham o’rnatilgan bu bloklar qatori
sathidan 4 ... 5 sm yuqori bo’ladi.
Dastlabki ikki qator bloklari y e r sathidan o’rnatiladi, keyingilari esa –
surilardan o’rnatiladi. Bloklarni bog’lash – blokning kamida ¼ uzunligida, navbatdagi
qatordagi barcha bloklar o’rnatilgandan so’ng ular orasidagi vertikal choklar suvab
chiqiladi. Yerto’la devorlari monolit temirbetondan bajarilganda betonlash balandligi
devor balandligi bilan, uzunligi esa – ishlarni amalga oshirishning texnologik
reglamenti bilan belgilanadi.
Qorishma bilan tekislangan va gorizontal holatga keltirilgan poydevorlarning
ustidan butun tekisligi bo’yicha 1...2 qavat gidroizolyatsiya ytqiziladi.
Er to’la qavatlari mavjud bo’lganda vertikal gidroizolyatsiya bajariladi va
ularning devorlarini loyiha mahlumotlariga mos holda isitish choralari amalga
oshiriladi.
Er to’la ustida oraypmani montaj qilish pardadevorlar o’rnatilib, yer osti
kommunikatsiyalarini kiritish va chiqarishlari qurilgandan so’ng boshlanadi.

Yüklə 230,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin