Bino va inshootlarni barpo etish tehnologiyasi-fayllar.org
1. Katta oraliqli bino va inshootlarni montaj usullari. Umumiy qoidalar. Ko’pchilik sanoat va fuqaro bino va inshootlari uchun arxitektura nuqtai
nazaridan, foydalanish talablari bo’yicha oraliq tayanchlarni qurmasdan katta oraliqli
qoplama (ustypma) larni nazarda tutish zarur. Barcha muhandislik inshootlaridan bir
qavatli sanoat binolari iqtisodiytning turli tarmoq korxonalarini joylashtirish uchun
keng qo’llanilmoqda.
Katta oraliqli fuqarolik binolariga yirik sport, ko’rgazma va kontsert zallari,
usti ypilgan stadionlar, vokzallar, tsirklar, bozorlar va boshqa shunga o’xshash
inshootlar kiradi. Sanoat binolarida katta oraliqlar ko’pincha avia va kemasozlik yig’uv
tsexlarida, mashinasozlik korxonalarining yig’uv va eksperimental tsexlarida eng
ko’p qo’llaniladi. Binolardan foydalanish va yng’in havfsizligi texnologiyasi
samolytlarning turishi va tahmirlanishi uchun mo’ljallangan, qo’shma transport
birliklarining katta miqdori joylashtiriladigan yirik avtobus va trolleybus parklari
uchun katta oraliqli binolarni loyihalashni talab etadi.
Katta oraliqli binolarning xilma – xilligi va ularga qo’yiladigan turli xil
talablar tegishli konstruktiv yechimlarga sabab bo’ldi. Ko’pincha, ramali, to’sinli
tizimlar, arkali ustypmalar va osma fazoviy tizimlar qo’llaniladi. Fazoviy
inshootlarning konstruktiv yechimlari, ularni barpo etish shartlari, qurilish
maydonining xususiyatlari,
montaj
qilish
mexanizmlaridan foydalanish
imkoniyatlari ko’pincha eng maqbul texnologiyani va inshootni barpo etish ketma –
ketligini talab etadi.
Odatda, inshootni barpo etish uchun montaj qilishning xilma – xil
42
usullaridan foydalanish mumkin, ko’pincha ular birga qo’shib foydalaniladi va shu
bilan texnologiyalarning ko’p variantligini tashkil etadi, bunda maqbul texnologiyani
tanlash montaj ishlarini loyihalashning mazmunli masalasini tashkil etadi.