Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi toshkent tibbiyot akademiyasi klinik farmakologiya kafedrasi


Amaliy mashg‘ulotalar mavzularining mazmuni



Yüklə 268,5 Kb.
səhifə18/34
tarix25.12.2016
ölçüsü268,5 Kb.
#3126
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34
4.2. Amaliy mashg‘ulotalar mavzularining mazmuni
1. Kardiotonik dori vositalarining klinik farmakologiyasi. (1,2,3,4 leksiya mavzusi)

Klinik farmakologiya nuqta’i nazaridan yurak glikozidlari xususiyatlari. Yurak glikozidlari farmakodinamik ta’sir mexanizmlari, famakokinetik ko‘rsatkichlari – konsentratsiya, taqsimlanishi, metabolizmi va chiqarilishi. Yurak glikozidlarini dozalash. Tanlangan guruh dori vositalari bilan farmakoterapiya o’tkazishda samaradorligi va xavfsizligini nazorat qilish usullari. Digitalis intoksikasiyasi sabablari. Digitalis intoksikasiyasi va uni davolash. Digitalis intoksikasiyasi profilaktikasi. Yurak glikozidlarinining boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri. Yurak glikozidlarini qo‘llashga ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar. Musbat inotrop ta’sirga ega boshqa guruh dori vsitalari: simpatomimetiklar, fosfodiestraza ingibitorlari.


Adabiyotlar: A:1,2,3,4,12,13; Q:1,2,8,13,14,15,16,17,18. Yangi o’quv texnologiyasi - “mushuk qopda” usuli

-“ ma’lumot to’plash” usuli


2. Diuretik dori vositalarining klinik farmakologiyasi. (1,2,3,4 leksiya mavzusi)

Klinik farmakologiya nuqta’i nazaridan diuretiklarning xususiyatlari. Diuretiklarning tasmifi: nefron darajasida, diurez kuchi va davomiyligi bo‘yicha, ionlarning (kaliy, kalsiy, magniy, siydik kislotasi va h.k.) chiqarilishiga ta’siri bo‘yicha, kislota-ishqor muvozanatiga ta’siriga ko‘ra. Diuretik dori vositalarining farmakodinamik ta’sir mexanizmlari, famakokinetik ko‘rsatkichlari – konsentratsiya, taqsimlanishi, metabolizmi va chiqarilishi. Diuretik dori vositalarini dozalash va samaradorligi, xavfsizligini nazorat qilish. Diuretik dori vositalarini qo‘llashga ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar. Diuretik dori vositalarinining asosiy nojo‘ya ta’siri.


Adabiyotlar: A:1,2,3,4,8,13; Q:1,2,4,13,14,15,16,17,18. Yangi o’quv texnologiyasi - “mushuk qopda” usuli

-“ ma’lumot to’plash” usuli


3. Qon ivish tizimiga ta’sit etuvchi dori vositalarining klinik farmakologiyasi. (1,2,3,4 leksiya mavzusi)

Qon ivish tizimiga ta’sir etuvchi dori vositalarining klinik-farmakologik tavfsifi. Fibrinolitiklarning klinik-farmakologik tavfsifi (fibrinolizin, urokinaza, plazminogen aktivatori). Farmakoterapiya o’tkazishda samaradorligi va xavfsizligini nazorat qilish usullari, qo‘llashga ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar, nojo‘ya ta’siri va ularni korreksiyalash.

Fibrinoliz ingibitorlarining tavfsifi. Bevosita antikoagulyantlarning ta’sir mexanizmi va farmakodinamik xususiyatlari. Famakokinetik ko‘rsatkichlari – konsentratsiya, taqsimlanishi, metabolizmi va chiqarilishi. Ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar. Dozalash rejimi. samaradorligi va xavfsizligini nazorat qilish usullari, qo‘llashga ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar, nojo‘ya ta’siri va ularni korreksiyalash. Geporin antagonistining tavfsifi. Bilvosita antikoagulyantlarning ta’sir mexanizmi va farmakodinamik xususiyatlari. Famakokinetik ko‘rsatkichlari, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar, samaradorligi va xavfsizligini nazorat qilish usullari, nojo‘ya ta’siri va ularni korreksiyalash. Bilvosita prokoagulyantlarning tavfsifi. Antiagrigantlar va ularning klinik-farmakologik tavfsifi. Trombopastin hosil bo‘lishini faollashtiruvchilar.
Adabiyotlar: A:1,2,3,4,12,13; Q:1,2,8,13,14,15,16,17,18. Yangi o’quv texnologiyasi - “mushuk qopda” usuli

-“ ma’lumot to’plash” usuli


4. Tomirlar tonusiga ta’sir etuvchi dori vositalarining klinik farmakologiyasi. (1,2,3,4 leksiya mavzusi)

Tomirlar tonusini oshiruvchi dori vositalarining tasnifi. Markaziy ta’sir etuvchi dori vositalari va ularning gipotanik holatdagi o‘rni.

Perifinik nerv sistemasini stimullovchi dori vositalarining ta’sir mexanizmi va asosiy farmakodinomik effekti. Famakokinetik ko‘rsatkichlari, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar, dozalash rejimi, asosiy o‘zaro ta’siri, nojo‘ya ta’sir, samaradorligi va xavfsizligini nazorat qilish usullari.

Miotrop ta’sirga ega (angiotenzinamid) dori vositasining klinik-farmakologik tavfsifi.


Tomirlar tonusini pasaytiruvchi dori vositalarining tasnifi. Markaziy ta’sir etuvchi dori vositalari ta’sir mexanizmi va farmakodinamik xususiyatlari. Famakokinetikasii, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar, dozalash rejimi, asosiy o‘zaro ta’siri, nojo‘ya ta’sir, samaradorligi va xavfsizligini nazorat qilish usullari. Perifinik nerv sistemasiga ta’sir etuvchi dori vositalari ta’sir mexanizmi va farmakodinamik xususiyatlari. Famakokinetikasii, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar, dozalash rejimi, asosiy o‘zaro ta’siri, nojo‘ya ta’sir, samaradorligi va xavfsizligini nazorat qilish usullari.

Miotrop ta’sirga ega dori vositasining klinik-farmakologik tavfsifi: venoz vazodilayatatorlar, aralash vazodilayatatorlar, arterial vazodilayatatorlar.

AAF ingibitorlari va AT1 retseptorlari blokatorlari tasnifi, farmakodinamikasi. Famakokinetik ko‘rsatkichlari, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar, dozalash rejimi, asosiy o‘zaro ta’siri, nojo‘ya ta’sir, samaradorligi va xavfsizligini nazorat qilish usullari.

Sekin kalsiy kanallari blokatorlari klinik-farmakologik tavfsifi.


Adabiyotlar: A:1,2,3,4,5,12,13; Q:1,2,8,13,14,15,16,17,18. Yangi o’quv texnologiyasi - “mushuk qopda” usuli

-“ ma’lumot to’plash” usuli


5. Antiaritmik dori vositalarining klinik farmakologiyasi. (1,2,3,4 leksiya mavzusi)

Yurak hujayrasining asosiy elektrofiziologik xususiyatlari. Harakat potensiyalarining turli fazalarida ion oqimlarining tavsifi. Antiaritmik dori vositalarining tasnifi, asosiy farmakodinamik xususiyatlari.

I, II, III, IV sinf dori vositalarining famakokinetik ko‘rsatkichlari, ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar, dozalash rejimi, asosiy o‘zaro ta’siri, nojo‘ya ta’sir, samaradorligi va xavfsizligini nazorat qilish usullari.
Adabiyotlar: A:1,2,3,4,9,12,13; Q:1,2,8,13,14,15,16,17,18. Yangi o’quv texnologiyasi - “mushuk qopda” usuli

-“ ma’lumot to’plash” usuli


6. Gomeostaz buzilishlarida qo‘llaniladigan dori vositalarining klinik farmakologiyasi.


Yüklə 268,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin