3. VI. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar) Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi
talablar qo‘yiladi. Talaba:
“O‘zbek tili tarixi” fani bo‘yicha bakalavr ko‘k turk yozuvi bitiktoshlari,
qadimgi turk-moniy yozma yodgorliklari, turk-budda diniy-falsafiy asarlari va
ularning til xususiyatlari, O‘rta Osiyo xalqlari yozuvi tarixi, arab yozuvi va uning
joriy qilinishihaqida bilimlarga ega bo‘lishi;
-til tarixi masalalariga doir metodlarni, kichik matnlarni fonetik, grammatik
tahlil qilishni, eski o‘zbek yozuvi alifbosi va uning imlo qoidalarini, qo‘lyozma
matnlarni o‘qish va yozishni, ta’rih san’ati asosida mutafakkirlarning tug‘ilgan
sanalarini aniqlash malakasigaega bo‘lishi;
-tarixiy tilshunoslikning nazariy va amaliy masalalarini tahlil qilish, o‘zbek
tili tarixini davrlashtirish masalasiga munosabat bildirish, eski turkiy adabiy til va
uning yodgorliklarini tavsiflash, eski o‘zbek adabiy tili va shu tilda bitilgan
yozma manbalarni tahlil qilish, o‘zbek tilining fonetik, leksik, grammatik
taraqqiyotiga doir ma’lumotlarni umumlashtirish, o‘zbek adabiy tilining
shakllanish va rivojlanish bosqichlarini tahlil qilish, o‘zbek adabiy tilining
qardosh turkiy tillar bilan munosabatini faktik material asosida yoritish
ko‘nikmalariga; −
tilning tarixiy taraqqiyoti va o‘zgaruvchanligini tahlil qilish, leksik-
semantik hodisalarni anglashkompetensiyasiga ega bo‘lishi kerak. 4. VII. Ta’lim texnologiyalari va metodlari: • ma’ruza;
Лойиҳа