səhifə 31/85 tarix 18.04.2023 ölçüsü 0,62 Mb. #100056
5 61 12 01 Рақамли ахборотни қайта ишлаш аналитиги дастурлар
https://lex.uz/search/all?form_id=3972 https://lex.uz/search/all?form_id=3973
https://cbu.uz/oz/credit-organizations/banks/head-offices/ao/mikrokreditbank/
-“Mikrokreditbank” ATB rasmiy sayti
https://www.un.org/ru/ga/undp / – Birlаshgаn Millаtlаr Tаshkilоti Tаrаqqiyot dаsturining (ПРООН) O‘zbеkistоn Rеspublikаsidаgi vаkоlаtхоnаsi sayti
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O’RTA MAXSUS PROFESSIONAL TA’LIMNING O’QUV DASTURI
Kasb (mutaxassislik) kodi va nomi:
5.61.12.01-Raqamli axborotni qayta ishlash
analitigi
Kvalifikatsiya nomi:
Operator-analitik
O’quv dasturi nomi:
Mehnat muxofazasi va texnika xavfsizligi
O’quv rejadagi tartib raqami:
2.01.
Ajratilgan soat:
40
Toshkent – 2021
TUZUVCHILAR:
Xalmuradov T.N
ToshDAU “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish kafedrasi mudiri , dotsent
Xojiev A
TIQXMMI «Hayot faoliyati xavfsizligi»
TAQRIZCHI:
Narziev Sh
Toshkent davlat texnika universiteti «Hayot
faoliyati xavfsizligi » kafedrasi dotsenti
Xudaev I
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini
mexanizatsiyalash muhandislari instituti
“Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash”
kafedrasi mudiri, dotsent, t.f.n.
O‘quv dasturi umumiy talablari
Dastur nomi
Mehnat muhofazasi va havfsizlik texnikasi
Ajratilgan soat
40
mavzular soni
16
Dasturning maqsadi
Mehnatni muhofaza qilishning huquqiy va tashkiliy asoslarini, xavfli va zararli omillarni sinflashni va mehnatni xavfsiz sharoitlarini tashkil qilish usullari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat.
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
Mehnatni muhofaza qilishning huquqiy va tashkillashtirish; ishlab chiqarish zararli omillardan muhofazalanish ; ishlab chiqarish jarayonlarida xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish; kasb kasalliklarini kamaytirish va baxtsiz hodisalarni oldini olish; katta energiya va bosim bilan ishlovchi qurilmalarning va yuk tashish vositalarining texnik holatiga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari bajarish.
Bilimlar
mehnat havfsizligi me’yorlari va qoidalarini ;
mehnat va mehnat qonunchiligini;
mehnat gigienasi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalarini;
kasbiy faoliyatda shikastlanishga sabab bo‘ladigan holatlar to‘g‘risida ma’lumotlarni;
ekin maydonlarida o‘simliklarga daraxtlarga kimyoviy ishlov berish mexanizmlarining xavfsizlik texnikasi ;
qishloq xo‘jaligida mexanizatsiyalashtirilgan va qo‘l mehnati uchun smenalik ishlash me’yori;
mehnat muhofazasi qoidalari va talablari asosida ekish, ishlov berish va yig‘ib olish ishlarini tashkil qilish
qishloq xo‘jaligi ekinlariga kimyoviy ishlov berishda zaharlanishdan himoya qilish qoidalarini ;
yong‘inga qarshi himoya tizimlari;
Ko‘nikmalar
kasbiy faoliyatda mehnat havfsizligi talablariga muvofiq ishni tashkil etish va mehnat havfsizligini ta’minlash;
qishloq xo‘jaligi ekinlarini parvarish qilish jarayonlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan havflardan saqlanish;
qishloq xo‘jaligida mexanizatsiyalashtirilgan va qo‘l mehnati uchun smenalik ishlash me’yori;
kimyoviy ishlov berish mexanizmlari va qurilmalarini xavfsizlik texnikasiga amal qilib ishlatish qoidalari
shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish;
mehnat muhofazasi qoidalari va talablari asosida ekish,ishlov berish va yig‘ib olish ishlarini tashkil qilish ;
ekinzorlarda ishlaganda ehtiyotsizlikdan yoki boshqa sababdan shikastlanganda yoki jarohat olganda birinchi yordam ko‘rsatish;
ekinzorlarda yong‘in sodir bo‘lganda yong‘inni o‘chirishda
foydalaniladigan jihozlarni ishlata olish.
Dostları ilə paylaş: