Farmakodinamikasi nitroglitserin farmakodinamikasiga o‘xshash. Yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda yurakning daqiqali hajmi taxikardiya hisobiga ko‘payishi mumkin, shu sababli bir vaqtning o‘zida yurak glykozidlari va diuretiklar tavsiya etiladi.
Farmakokinetikasi. Oddiy tabletkalari ichilganda ularning biologik o‘zlashtirilishi 58% ni, uzoq ta’sir etuvchi tabletkalarniki esa 43% ni tashkil qiladi. Til ostiga qo‘yilganda yarim ajralib chiqish davri 0,5 soatni, ichilganda esa 0,67 soatni tashkil qiladi. Dori jigar orqali birinchi marta o‘tganda glutation —S— transfereza yordamida tez metabolizmga uchraydi. Metabolitlari izosorbid, mononitratlar ko‘rinishida chiqadi.
Ishlatilishi, Dori stenokardiya xurujlarining oldini olish maqsadida 5 yoki 10 mg dan kuniga 3—4 mahal tavsiya etiladi. Uzsq vaqt ta’sir qiluvchi shakli esa 1 donadan, 6—12 soatda bir marta tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: |