Olmaliq tuman "ibn sino" nomidagi jamoat salomatlik texnikumi


Uzoq ta’sir etuvchi nitratlar (nitroglitserindan tashqari)



Yüklə 67,5 Kb.
səhifə3/10
tarix02.01.2022
ölçüsü67,5 Kb.
#38888
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Yurak qon tomirlarga

Uzoq ta’sir etuvchi nitratlar (nitroglitserindan tashqari).

Erinit. Tabletka holida 10 va 20 mg dan chiqariladi.

Farmakodinamikasi. Nitroglitserin farmakodinamikasiga o‘xshash, lekin metabolizmining o‘ziga xos xususiyatlari tufayli kuchsizroq namoyon bo‘ladi.

Farmakokinetikasi. 10—15 mg qabul qilinganda qonda 100 mkg/ml dan 12 mg/ml gacha aniqlanadi. Qonda metabolitlaridan mono va dinitratlar topilgan.

Dori jigarda glyukuron kislotasi bilan birikib, tez metabolizmga uchraydi. Qabul qilingan miqdorning 22 foizi 24 soat ichida organizmdan chiqariladi. Erinit 4—6 soatda bir marta qabul qilinadi.



Sustak nitroglitserinning uzoq ta’sir qiluvchi shakli bo‘lib, mikrokapsula usulida tayyorlangan. Tabletka holida chiqariladi, 2,6 va 6,4 mg nitroglitserindan iborat. Og‘iz orqali qabul qilinadi. Oshqozonichak yo‘llari orqali sekin so‘rilishi tufayli portal tizimiga uzoq vaqt tushib turadi. Ta’sir davomiyligi 4—5 soatni tashkil qiladi.

Nitrosorbit. Ichish uchun 5—10 mg dan tabletka xolida va til ostiga qo‘yish uchun 2,5 va 5 mg dan chiqariladi. Uzoq vaqt ta’sir qiluvchi tabletkalari esa 20 va 40 mg dan chiqariladi.


Yüklə 67,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin