Olmaliq tuman "ibn sino" nomidagi jamoat salomatlik texnikumi


Ishlatilishi mumkin bo‘lmagan holatlar



Yüklə 67,5 Kb.
səhifə6/10
tarix02.01.2022
ölçüsü67,5 Kb.
#38888
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Yurak qon tomirlarga

Ishlatilishi mumkin bo‘lmagan holatlar. Yurak toj tomirlarining aterosklerozi, infarkt.

Izoxinolin hosilalari. Papaverin. Farmakodinamikasi.

Eufillin singari fosfodiesterazani falajlaydi (susaytiradi) va miokardda va yurak toj tomirlarida SAMF to‘planishiga olib keladi. Dorining samara berish vaqti uning spazmolitik ta’sirining boshlanishiga to‘g‘ri keladi. Taxminlarga ko‘ra, papaverin miokardda adenozin o‘zlashtirilishini to‘xtatishi mumkin. Yuqori miqdorlari, ayniqsa, tog‘li sharoitda kuchli gipotenziya chaqiradi, miokardga qo‘zg‘atuvchi ta’sir Ursatadi, atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikning sekinlashuviga olib keladi. Papaverinning manfiy inotoop ta’sir ko‘rsatishi xaqida yetarli ma’lumotlar bor. Papaverin ta’sirida gemodinamikaning o‘zgarishi uning boshlang‘ich holatiga bog‘liq: boshlang‘ich ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan hollarda yurak urishlari sonining kamayishi, sistola vaqtining qisqarishi, so‘nggi diastolik bosim, yurakning zarbli va daqiqalik hajmining kamayishi kuzatiladi. Ammo bu ko‘rsatkichlar past bo‘lgan bemorlarda esa o‘zgarishlar aksincha bo‘ladi. Gemodinamik o‘zgarishlar papaverinni muskul orasiga yuborganda ta’siri 30 daqiqadan so‘ng kuzatiladi.

Farmakokinetikasi. Papaverin ichilganda va birinchi marta jigardan o‘tganda tezlik bilan metabolizmga uchraydi. Og‘iz orqali qabul qilingan 150 mg papaverinning qondagi yuqori miqdori 30 daqiqadan so‘ng kuzatiladi va bu 254 mg/ml ni tashkil qiladi, lekin bu miqdor keskin kamayadi va 4—6 soatdan so‘ng 33,6—7,1 mg/ml ga yetadi. Preparatning biologik o‘zlashtirilishi yaxshi. Yarim ajralib chiqish davri 1—3 soatga teng. Papaverinning qon zardobidagi albuminlar bilan mustahkam bog‘lanishi ma’lum.

Ishlatilishi. Teri ostiga, muskul orasiga, ayrim hollarda venaga 2% li eritmasi 1—2 ml dan yuboriladi. Ichish uchun 0,04—0,08 g dan 3—4 mahal tavsiya etiladi.

Papaverin nitroglitsarin ta’sirida yo‘qolmagan stenokardiya xurujini davolash maqsadida teri ostiga, muskul orasiga va venaga promedol yoki morfin bilan birgalikda yuboriladi. Stenokardiya xurujlarining oldini olish maqsadida ichish uchun tavsiya etiladi.

Ishlatilishi mumkin bo‘lmagan holatlar. Atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikning buzilishida tavsiya etilmaydi.




Yüklə 67,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin