Purin unumlari. Purin unumlari antianginal dori sifatida extiyotkorlik bilan tavsiya etiladi. Shu jumladan, eufillin maxsus ko‘rsatmalar, ya’ni yurak astmasi, bronxial astma, bronxospazm, bronxoobstruktiv komponenti bo‘lgan surunkali bronxit, o‘pkayurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlargagina tavsiya etiladi. Purin hosilalari miokardning qisqaruvchanlik qobiliyatini oshiradi, lekin bu holat miokardning kislorodga bo‘lgan ehtiyojining ko‘payishi bilan kechadi.
Eufillin.farmakodinamikasi va farmakokinetikasi (Bronxlarni kengaytiruvchi dori moddalari klinik farmakologiyaskga qaralsin).
Ishlatilishi. Fakat maxsus ko‘rsatmalar bulgandagina ishlatiladi. Ichish uchun 0,1—0,15 g dan tabletka yoki talqon xolida kuniga 2—3 mahaldan ovqatdan so‘ng tavsiya etiladi. Venaga 2,4% li eritmasi 5—10 ml miqdorida glukozaning 20% yoki 40% eritmasida eritilib, juda sekinlik bilan (2—4 minut) yuboriladi. Yaxshisi, glukozaning 250—500 ml 5% li eritmasida tomchilab yuborilgani ma’qul.