Xulosa
Arterial gipertoniya (AG) — qon bosimini 140/90 mm.sim.ust va undan yuqori bo’lishi. Birlamchi, essentsial arterial gipertoniya (shuningdek, gipertonik kasallik) patologik jarayonlar mavjudligi bilan bog’liq emas va zamonaviy sharoitlarda bartaraf etishning imkoni mavjud bo’lgan sabablar tomonidan chaqiriladi. Bu eng keng tarqalgan yurak-tomir patologiyasi hisoblanadi.
Simptomatik yoki ikkilamchi gipertoniya yurak va qon tomir kasalliklari, endokrin tizim patologiyasi yoki boshqa holatlarning oqibati sanaladi.
Yurak ishemik kasalligi (YIK) (shu jumladan barqaror va beqaror stenokardiya, miokard infarkti) — koronar arteriyalar bo’ylab qon aylanishining buzilishi oqibatida yuzaga kelgan miokard shikastlanishi. Ko’pincha YIK sababi — dislipidemiya fonida koronar arteriyalar aterosklerozi sanaladi. Yurak-tomir kasalliklari rivojlanishi xavfi yuqori bo’lgan shaxslar toifasini aniqlash asosan klinik dispanserizatsiya doirasida amalga oshiriladi. Profilaktik choralar sifatida o’zgartirilishi mumkin bo’lgan xavf omillari to’g’rilanadi. Ba’zi hollarda maxsus preparatlar buyurilishi mumkin. YTKning birlamchi va ikkilamchi profilaktikasi farqlanadi. Birlamchi profilaktika — kasallik rivojlanishini oldini olish, ikkilamchi profilaktika — yurak-qon tomir kasalliklari asoratlarini oldini olish (masalan, takroriy miokard infarkti yoki insultni). Ikkilamchi profilaktika ikki bosqichda amalga oshiriladi:
Foydalanilgan adabiyot
Ziyayeva M.F., Xodjasheva M.D., Kasimova D.I., Xamedova M.A., Ochilov O‘.B. Kattalarda hamshiralik parvarishi. 1-qism. – T.: «Niso poligraf» nashriyoti, 2014.
Yusupova L.Yu., Burixodjayeva H.S., Shadiyeva Sh. Kattalarda hamshiralik parvarishi. 3-qism. – T.: «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2012.
Барыкина Н.В., Зарянская В.Г. Сестринское дело в хирургии. – РостовнаДону: «Феникс», 2010.
Yunusjonova Z.S., Mirzayeva S.A., Bositxonova E.I.. «O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati», – T., 2010.
Hamrayev A.J., Xamedova M.A. Xirurgiya. – T.: «O‘qituvchi», 2009.
Dostları ilə paylaş: |