Omonov shahzod shoimovich



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə3/17
tarix05.12.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#173163
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Omonov 2023

Mаvzuning dоlzаrbligi: Hоzirgi vаqtdа yoriq-g'оvаk muhitlardа moddaning anomal ko’chishi va sizishi jarayonlarini о'rgаnish muhim аhаmiyаtgа egа. Bunday jаrаyоnlаrni tаvsiflаsh uchun turli mоdellаr tаklif etilgan. Yoriq-g'оvаk muhitdа moddaning аnоmаl ko’chishi va sizishi jarayonlarining tа'sirini о'rgаnishdа kаsr tаrtibli differensiаl tenglаmаlаrdаn fоydаlаnilаdi. Bundаy mоdellаrini о'rgаnish murаkkаb hisоblаnаdi hamda yetarlicha tahlil qilinmagan. Bunday jarayonlarni mоdellаshtirish uchun kо'pinchа sonli usullаr qо'llаnilаdi, hamda sаmаrаli sonli usullаrni yаrаtish judа muhimdir.
Tadqiqot maqsadi Yoriq g`ovak muhitlarda suyuqliklarning anomal ko`chishi modellarini sonli tadqiq etish, samarali sonli algoritmlarni yaratish va anomallikning sizish ko`rsatkichlariga ta’sirini o`rganishdan iborat.
Tadqiqot vazifalari.

  • Koaksial silindrik yoriq-g’ovak muhitlarda anomal modda ko’chishi jarayonining matematik modelini takomillashtirish;

  • Makro- va mikrog’ovakli silindrik zonalardan iborat, fraktal tuzilishga ega bo’lgan muhitda moddaning anomal ko’chishi masalasini sonli yechish;

  • Yoriq-g`ovak muhitlarda moddalarning anomal ko‘chishi va sizishi matematik modellarini hamda ularni yechish usullarini ishlab chiqish;

– Yoriq-g’ovak muhitlarda birjinslimas suyuqliklar sizishi gidrodinamik modellarini tahlil qilish;
Tadqiqotning obъekti Yoriq-g`ovak muhitlarda birjinslijmas suyuqliklar sizishi modeli olingan.
Tadqiqotning predmeti. Yoriq-g'ovak muhitlarda moddaning anomal ko'chishi va sizishi jarayonining matematik modellari, hisoblash algoritmlari va kompyuterda sonli tajribalar o'tkazish uchun dasturiy majmualari va gidrodinamik tahlil jarayonlari tashkil etadi.
Tadqiqotning usullari. Tadqiqot jarayonida yer osti gidro-gazmexanikasi usullari, matematik modellashtirish usullari, matematika-fizika usullari, sonli usullar, algoritmlash, hisoblash eksperimenti usullaridan foydalanilgan.

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin