Omonov shahzod shoimovich


Tadqiqotning ilmiy yangiligi



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə4/17
tarix05.12.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#173163
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Omonov 2023

Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
makro- va mikrog’ovakli silindrik zonalardan iborat fraktal tuzilishga ega bo’lgan muhitda anomal modda ko’chishi jarayonining matematik modeli kasr tartibli xususiy hosilali differensial tenglamalar asosida takomillashtirilgan;
makro- va mikrog’ovakli silindrik zonalardan iborat fraktal tuzilishga ega bo’lgan muhitda modda ko’chishi masalasi qo’yilgan va sonli yechilgan. Makro- va mikrog’ovakda muallaq zarrachalar konsentrasiyasi profillarining o’zgarishi hamda mikrog’ovakda lokal konsentrasiya maydoni aniqlangan. Zonalarning umumiy chegarasidan o’tuvchi nisbiy modda sarfi va dinamikasining nomonotonlik hodisasi aniqlangan;
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.
Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati g’ovak muhitda suspenziyalar sizishida kasr tartibli differensial tenglamalar uchun qo’yilgan masalalarni yechish usullarini hisobga olib sizish masalalarni sonli yechishning samarali algoritmlarini ishlab chiqish bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati, olingan natijalardan foydalanib ichimlik va oqava suvlarini tozalashda, neft va gazni ikkilamchi va uchlamchi usullar bilan qazib olishda, suspenziya sizishi va modda ko’chishi yuz beradigan ko’plab texnologik jarayonlar va gidrologiyada jarayonlarni sifat va miqdor jihatdan tahlil qilishda foydalanish mumkin.
Tadqiqot natijalarini nashr etish. Tadqiqot mavzusi boʻyicha 2 ta ilmiy maqolalari xalqaro anjumanlarda chop etilgan.
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Mаgistrlik dissertatsiyasi kirish, uch bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat. Dissertatsiya hajmi ____ betdan iborat.


DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI
Kirish qismida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati asoslangan, tadqiqotning O'zbekiston Respublikasi fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo'nalishlariga mosligi ko'rsatilgan. Tadqiqotning maqsad va vazifalari belgilab olingan hamda tadqiqot obyekti va predmeti tavsiflangan, olingan natijalarning ishonchliligi asoslab berilgan, ularning nazariy va amaliy ahamiyati ochib berilgan, tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi, nashr etilgan ishlar va dissertatsiya tuzilishi bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan.
Dissertatsiyaning « Birjinslimas g’ovak muhitlarda modda ko’chishi modellari» deb nomlangan birinchi bobida yorqi-g`ovak muhitlar va ularning xossalari hamda sizish modellari haqida ma’lumotlar berilgan.
1.1 paragrafda yoriq-g`ovak muhitlar haqida umumiy tushunchalari keltirilgan.
1.2 paragrafda yoriq-g'ovak muhitlarda modda ko'chish tenglamalari qaralgan.
1.3 paragrafda silindrik birjinslimas muhitlarda modda ko`chishi tenglamalari keltirilgan.
Dissertatsiyaning «Yoriq-g‘ovak muhitlarda moddaning anomal ko‘chishi masalalarini sonli yechish usullari» deb nomlangan ikkinchi bobida g‘ovak muhitlarda anomal modda ko‘chishining bir qator masalalarini yechish usullari keltirilgan.
2.1 paragrafda kasr tartibli hosilalar (Kaputo, Riman-Liuvill, Letnikov-Gryunvald) ta’riflari hamda sonli approksimatsiya qilish usullari keltirilgan.
2.2 paragrafda anomal Fik qonuni va uning tasnifi keltirilgan.
2.3 paragrafda anomal modda ko`chishi tenglamalarini sonli yechish usullari keltirilgan.
Dissertatsiyaning «Silindrik makrog’ovakdan iborat silindrik g’ovak muhitda moddaning anomal ko’chishi» deb nomlangan uchinchi bobida g‘ovak muhitlarda modda ning anomal ko‘chishi va sizishi masalasi sonli yechilgan va olingan natijalar tahlil qilingan.
3.1 paragrafda g‘ovak muhitlarda anomal sizish masalasi qo‘yilgan.
3.2 paragrafda qo‘yilgan masala sonli yechilgan.
2.3 paragrafda qo‘yilgan masala natijalari sonli tahlil qilingan.



Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin