Darsning maqsadi: a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish. b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy ) Foydalaniladigan adabiyotlar: «Ona tili» 9-sinf uchun darslik. 9-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi: a)salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash. a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu 1-topshiriq. Ko’chiring. Biriktiruv bog’lovchisining tagiga chizing va qanday vazifa bajarayotganini ayting.
1. Ro’zimatning rangi o’zgardi va ko’zlarida hamisha o’ynab turadigan tabassum ifodasi to’satdan yo‘qoldi. (Abdulla Qahhor) 2. Pakana yigit uyning ustun va devorlarini chertib, deraza va eshiklarining bo’yog’ini hidlab ko’rar edi. (Abdulla Qahhor) 3. Ro’paradagi g’orning bag’ridan qora tutun ko’tarildi va u yerdan yo’tal tovushi eshitildi. (Oybek) 4. Anor so’zlar va Zaynab qalbi Tol bargiday dir-dir qaltirar. (Hamid Olimjon)
Bilib oling. Biriktiruv bog’lovchisi qo’shma gapning payt, sabab-natija munosabatlarida bo’lgan qismlarini bog’lab keladi. Qismlari o’rtasida sabab-natija munosabati ifodalangan qo’shma gaplarda ikkinchi qism oldidan natijada so’zini qo’yish mumkin bo’ladi. Masalan, Anor so’zlar va Zaynab qalbi Tol bargiday dir-dir qaltirar - Anor so’zlar (va) natijada Zaynab qalbi Tol bargiday dir-dir qaltirar. (Hamid Olimjon) Eslab qoling. Ba'zan -u, -yu, -da yuklamalari ham biriktiruv bog’lovchilari bajargan vazifalarni bajaradi. 57-mashq. Ko’chiring. Qismlari biriktiruv bog’lovchisi yordamida bog’langan qo’shma gaplarni aniqlab, bu qismlar o’rtasida qanday mazmuniy munosabatlar borligini ayting.
1. U har uch qadamda bir to’xtab, nafasini rostlay-rostlay tepaga zo’rg’a yetdi, qopni ag’dardi-yu muvozanatni saqlay olmay o’tirib oldi. 2. Gulchehra «piq» etib kuldi-da, cho’zilib tugunni oldi. 3. Mashhur qora qashqa ayg’irining chilvirini xirmondagi bolalarga tutqazdi-da, dabdurustdan chollar bilan gaplashib turgan Komilaga yuzlandi. 4. To’satdan eshik sharaqlab ochildi va ostonada Ertoyev paydo bo’ldi. 5. Inobat qizishib ketib, pisandaga o’tganini endi payqadi va uyalib yerga qaradi. (O.Yoqubov) 58-mashq. Matnni o’qing. Biriktiruv bog’lovchilarini topib, ularning gapdagi vazifalarini tushuntiring.
Qadim zamonda kushoniylar davlatida pahlavon Shukriolloh ismli sarkarda yashagan va uning dovrug’i ellarda doston ekan. Sarkarda jangga sovut-dubulg’asiz, qalqonsiz kirarkan hamda bu jangda uning qo’shini hamisha g’alaba qilarkan.
Bir kuni temirchi sarkardaning iltimosiga ko’ra unga qalqon, sovut yasab beribdi va u navbatdagi jangda hammani hayron qoldirib, qalqon, sovut kiygan holda qilich bilan paydo bo’libdi. Shunda atrofdagilar ajablanib: «(—) Ey sarkarda, bu holda hech jangga kirmas edingiz-ku?!»— deyishibdi. Sarkarda bir xo’rsinib javob beribdi: «Janglarda meni duo qilib turguvchi onaizorim olamdan o’tdilar. U kishining duolari menga qalqon, sovut, -dubulg’a edi. Endi u kishi yo’qlar...»
59-mashq. Nuqtalar o’rniga bog’lovchilardan mosini qo’yib ko’chiring.
1. Dekabr oyining boshida bir qor yog’di..., keyin yana oftob charaqlab, havo ilib ketdi. (P.Qodirov) 2. Ko’pirar tomirlarda qon... portlar hademay bu o’tli vulqon. (G’afur G’ulom) 3. Kuzning o’rtalarida havo bir-ikki daf a aynidi..., vodiyga qalin tuman tushdi. (Said Ahmad) 4. Keta boshladim..., u notanish odamning qayoqqa borgani meni qiziqtiraverardi. (Sh.Xolmirzayev) 5. Bu yerda uzumzor va yong’oqzorlar ko’p edi, ... tog’ manzarasi ham boshqacha edi.