«Ona tili» 9-sinf



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə30/131
tarix28.03.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#90629
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   131
2 5474398773276836666

Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa



Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 9-sinf uchun darslik. 9-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
1-topshiriq. Va bog’lovchisi ishtirokida to’rtta gap tuzing, u ikkitasida uyushiq bo’laklarni, ikkitasida qo’shma gap qismlarini bog’lasin.
2-topshiriq. Bo‘lsa, esa so’zlari, -u (-yu), -da yuklamalari ishtirokida oltita gap tuzing. Ularning vazifalarini tushuntiring.
3-topshiriq. O’qing. Bog’lovchi vositalariga qarab, gaplarni quyidagi guruhlarga ajratib yozing:
biriktiruv bog’lovchisi yordamida bog’langan qo’shma gaplar;
zidlov bog’lovchisi yordamida bog’langan qo’shma gaplar;
ayiruv bog’lovchisi yordamida bog’langan qo’shma gaplar.
bo‘lsa, esa, -u (-yu), -da yordamida bog’langan qo’shma gaplar;
1. Nuri goh sevinib, shirin xayollarga botadi, goh butun vujudini titroq bosadi. (Oybek) 2. Kechqurun otam keldi va unga butun voqeani aytib berdim. (Oybek) 3. Bu sohaning ustasi o’z so’zini aytar, lekin biz o’ylagan imorat, taxminan, shu shaklda bo’ladi. (Oybek) 4. Mashina to’xtadi-da, undan bir kishi tushdi. (P. Qodirov)
4-topshiriq. Ham..., ham...; dam..., dam...; ba’zan..., ba’zan...; yo..., yo... bog’lovchilari ishtirokida gaplar tuzing. Ularning vazifasi va ma’nolarini tushuntiring.
5-topshiriq. Uyga vazifa. O’zingiz sevgan badiiy asardan bog’langan qo’shma gaplarga 6 ta misol yozing. Bog’lovchi vositalarni va qo’shma gap qismlari o’rtasidagi mazmuniy munosabatni izohlang.
6-topshiriq. Gaplarni o’qing, esa, bo’lsa bog’lovchilarining tagiga chizing. Gaplarni zidlov bog’lovchilari yordamida bog’langan qo’shma gaplarga aylantiring.
1. Bulbul gulzorni izlaydi, boyo’g’li esa doim xarobani ko’zlaydi.
2. Ahmoqning yuragi og’zida, aqllining tili esa yuragida bo’ladi.
3. Yomon ot o’z egasini chohga qulatadi, yaxshi ot esa o’z sohibini halokatdan qutqaradi. 4. Nodon mol-dunyo yig’adi, aqlli odam bo’lsa boshqalarga yordam berib, bundan rohatlanadi. 5. Sabrning boshi achchiq, oxiri esa shirindir.
Namuna: Ahmoqning yuragi og’zida, lekin aqlli odamning tili yuragida bo’ladi.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin