«Ona tili» 9-sinf



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə26/131
tarix28.03.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#90629
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   131
2 5474398773276836666

Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa



Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 9-sinf uchun darslik. 9-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
1-topshiriq. Berilgan gaplarni ko’chiring, qismlarini bog’lovchi vositalarni aniqlang.
1. Yo siz keling, yo men boray. (Qo’shiq) 2. Dam jahlim chiqadi, dam kulgim qistaydi. (Oybek) 3. Goh osmonni tutib ashula yangraydi, goh allaqayerdan garmon tovushi eshitiladi. (Oybek)


Bilib oling. Ayiruv bog’lovchilari qo’shma gap qismlarini bog’lash bilan birga ularda ifodalagan voqea-hodisalar- ning galma-gal ro’y berishini yoki ularning faqat bittasining yuzaga chiqishini ta’kidlaydi.
Yo (yoki) bog’lovchisi yolg’iz holda ham, takror holda ham qo’llanishi mumkin. Qolgan ayiruv bog’lovchilari takror holda qo’llaniladi va yozuvda takror qo’llanayotgan bog’lovchidan oldin vergul qo’yiladi.
68-mashq. Ko’chiring. Qo’shma gap qismlarini bog’lovchi vositalarni va qismlar o’rtasidagi mazmuniy munosabatlarni aniqlang.
1. Uzoqlardan keng vodiy quchog’ida goh ko’m-ko’k o’t bosib yotgan yaylovlar ko’rinadi, goh qop-qorong’i daralar ko’zga tashlanadi. (Oybek) 2. Tansiq goh shap-shup suv kechib yuradi, goh uning oyoqlari yelimday loyga botadi. (Oybek) 3. Mashinaning nuqsoni bo’lsa, tuzatiladi yo yana yaxshirog’i yasaladi. (Abdulla Qahhor) 4. Yo zardo’zi to’ning to’zibmi qoldi, Yoki so’kildimi suvsar telpaging. (M. Lermontov)
69-mashq, Yo... yo...; goh... goh...; ba’zan..., ba’zan...; dam..., dam...; yo...; yo...; yoki... bog’lovchilarining har biri ishtirokida gaplar tuzing. Qismlar o’rtasidagi mazmuniy munosabatni tushuntiring.
Namuna: Xona ichida goh pashshaning g’o’ng’illagani eshitiladi, goh xonadon sohibining ohista yo’talgani quloqqa chalinadi. (Sh. Xolmirzayev)
70-mashq. Ko’chiring, qo’shma gap qismlarini bog’lovchi vositalarni aniqlang va ular o’rtasida qanday mazmuniy munosabat borligini ayting.
1. Dam kun birdan qizib ketadi, dam bulut kelib, jala quyadi. (Qamchibek Kenja) 2. Yo mehmon kelganini bilmaydi, yo bilsa ham, o’zini bilmaganlikka soladi. (Nabi Jaloliddin) 3. Yo urug’ aynigan, yoki agrotexnika qoidalari buzilgan. («Xalq so‘zi» gazetasidan) 4. Goh qah-qah kulgi ovozi eshitiladi, goh muzika sadosi avjiga chiqadi. (Ismoil To’lak) 5. Polvonlar epchillikda bir-biridan o’tadi, kurashda goh unisi, goh bunisi yutadi. (Rustam Musurmon). 5./. Nuri goh sevinib, shirin xayollarga botadi, goh butun vujudini qo'rquv bosardi. (Oybek)
71 -mashq. Ko’chiring. Ayiruv bog’lovchilarining vazifalarini aniqlang!
1. Men kuyladim goh dilda qadar, Goh sevinib she’r to’qiyman men. (A. Oripov) 2. Har kuni oqshomlarda bu yo’ldan goh paxta dalasidan qaytayotgan terimchilar o’tib qoladi, goh paxta ortgan traktorlar u yoqdan bu yoqqa g’izillaydi. (O. Yoqubov) 3. Dasturxon ustida dam o’zbek kuylari yangrardi, dam hind qo’shiqlari ijro qilinardi. (Qamchibek Kenja) 4. Ba’zan qurbaqalarning qurillashi quloqqa chalinib, kishiga rohat beradi, ba’zan itlarning vovillashi bu ovozlarni bosib ketadi. (Asqad Muxtor)



Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin