Darsning qismlari
|
Belgilangan vaqt.
|
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: TEST BANKI
Foydalaniladigan adabiyotlar: TEST BANKI
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. Darsning rejasi:
a) Test tarqatish
b) Test mavzulari yuzasidan suhbat
c) Test yozdirish
III. TESTLARDAN NAMUNALAR
Qo`shma gaplar yuzasidan nazorat sinovi
1. Gaplarni sodda va qo’shma gap kabi turlarga ajratishga asos bo’luvchi omilni aniqlang.
A) ohang B) kesimlik belgisining miqdori C) eganing miqdori D) bog’lovchilar va bog’lovchi vazifasidagi vositalar
2. Bog’lovchi vazifasidagi vositalarni toping.
1) -u (-yu), -da, -ki yuklamalari; 2) ko’makchili qurilmalar; 3) bo’lsa, esa, deb so’zlari; 4) nisbiy so’zlar;
5) ohang; 6) tinish belgilari; 7) shart mayli qo’shimchasi;8) kirish so’zlar
A) 1, 2, 4, 6, 8 B) 1, 3, 5, 6, 7 C) 1, 2, 3, 4, 7 D) 2, 3, 4, 6, 8
3. Qo’shma gap qismlarini bog’lovchi vositalarni toping.
1) bog’lovchilar; 2) ohang; 3) tinish belgilari; 4) ko’makchili qurilmalar; 5) bog’lovchi vazifasidagi qurilmalar
A) 1, 2, 3 B) 2, 3, 5 C) 1, 4, 5 D) 1, 2, 5
4. Bog’langan qo’shma gapni toping.
A) Dono aybni o’zidan axtaradi, ahmoq esa do’stini ayblaydi B) Guli yo’q bo’stondan yaproq yaxshi, foydasi yo’q yo’ldoshdan tayoq yaxshi C) Hunar o’rgan, chunki hunarda ko’p sir, yopiq eshiklarni ochar birma-bir
D) Yerga mehringni bersang, u senga rizq beradi, seni to’ydiradi
5. Bog’langan qo’shma gaplarni hosil qilish uchun xizmat qiladigan yuklamalarni toping.
A) –mi, -chi B) –u (-yu), -da C) –ku, -da D) –u(-yu), -ki
6. Biriktiruv bog’lovchisi qo’shma gapning qanday munosabatda bo’lgan qismlarini bog’lab keladi?
A) payt B) sabab-natija C) maqsad D) A va B
7. Qismlari o’rtasida sabab-natija munosabati ifodalangan qo’shma gaplarda ikkinchi qism oldidan qaysi so’zni qo’yish mumkin bo’ladi? A) shuning uchun B) oqibatida C) natijada D) sababli
Dostları ilə paylaş: |