Darsning maqsadi: a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish. b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi:TEST BANKI Foydalaniladigan adabiyotlar: TEST BANKI I. Darsning borishi: a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c)kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. Darsning rejasi: a) Test tarqatish
b) Test mavzulari yuzasidan suhbat
c)Test yozdirish
III. TESTLARDAN NAMUNALAR 1. Quyidagi qaysi gapda ega bilan ot kesim orasida tire ishlatilishi lozim? A) Jamoa xo’jaligi xalq mulki B) O’g’limdan umidim ko’p C) Hammayoq top-toza, yovvoyi o’tlar yo’q
D) Qo’shnilarim ham halol odamlar
2. Nomustaqil kesim ...? A) Shaxs-son va zamon shakllaridagi fe’l kesimlar B) Bog’lamli va bog’lamsiz kesimlar
C) Istak gaplarning kesimlari D) Shart mayli shaklidagi kesimlar
3. Shart mayli shaklidagi mustaqil kesim qatnashgan gapni belgilang.A) Mehnat qilsang, baxting ochiladi B) Tuyog’iga ursang, shoxi zirqiraydi C) Havo bulut bo’lsa ham, yomg’ir yog’madi
D) Toshkentga borsam, Mustaqillik maydonini ko’rsam.
4. Murakkab kesimning ibora bilan ifodalanganini toping. A) Dadam qo’li ochiq odam edilar B) Respublikamizning eng nufuzli bilim dargohi O’zbekiston Milliy universitetidir. C) Komil insonlardagi oliyjanob baxt – o’tmishni unutmaslik
D) Rustam kechagi ish uchun ayibini bo’yniga olgan emish
5. Murakkab kesimning birikma bilan ifodalanganini toping. A) O’jarligi shu darajadaki, men bog’dan kelsam, u tog’dan keladi B) Do’stim bu borada yulduzni bevarvon uradiganlardan C) Shu kunlarda onamning ko’ngliga qil sig’maydi D) Tarixni o’rganishdan asosiy maqsad – milliy o’zligimizni chuqurroq anglash
6. Kesimlik so’zi bilan qo’llangan murakkab ot kesim qatnashgan gapni toping. A) Orzuga yetish uchun kurashish shart
B) Mustaqillikka erishgach, yurtimiz obod bo’ldi
C) Vazifamiz – a’lo o’qish
D) Qo’lingdan kelsa yaxshilik qil.
7. Ega va kesim o’rtasiga tire qo’yilishi kerak bo’lgan qatorni belgilang. A) U birdaniga to’nini teskari kiyib oldi B) Urush quyon ovi emas
C) Qizilqum sahrosi bepoyon D) Bizning sinfimiz sakkizinchi