«Ona tili» 9-sinf



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə99/131
tarix28.03.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#90629
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   131
2 5474398773276836666

Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa



Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 9-sinf uchun darslik. 9-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
1-Topshiriq. Ko’chiring. Muallif gapi va ko'chirma gaplarni aniqlang. Tinish belgilarini izohlang.
Do'stimga dedim: «Senga sir emaski, gul bebaho, guliston bevafodir». Donishmandlar deydilar: «Наг narsaki bevafo bo'lsa, u muhabbat qo'yishga noravodir». Do'stim dedi: «Xo'sh, u holda qanday tadbir ko'riladi?» Men unga javob berdim: «Mutolaa qilganlarga safo, tinglaganlarga shifo baxsh etadigan «Guliston» nomli kitob yozishim mumkin».
Shu so'zlar og'zimdan chiqar-chiqmas, do'stim etagimga yopishib xitob qildi:(?) «Karam sohibi bo'lgan odam va'da berdimi, va'dasiga vafo qilmog'i lozim!» (Sa'diy)
2-topshiriq. Matnni o'qing. Ko'chirma gapli qo'shma gaplarni o'zlashtirma gapga aylantirib ko'chiring. O'zlashtirma gap shaklida qanday o'zgarishlar qilganingizni ayting.
Amir Temur o'g'lini Tabrizdan Samarqandga jo'natayotganda shunday nasihat qilgan edi: «EI-yurtning mushkulin oson qilgin, adolatli yo'l tutgin, savob ishlar qilib, ko'pchilikning duosini olgin!»
Shohruh Mirzo Sirdaryoning chap tomonidagi suvsiz cho'lda qiynalib yashayotgan aholining arz-u dodini eshitganda, shu nasihatlar yodiga tushdi va Gavharshodbegimga dedi: «Sardoba qurdirsakmikin?»
Gavharshodbegim Zarafshon daryosidan chiqarilgan Darg'om anhorini uning yodiga soldi va shunday dedi: «Sirdaryoning suvi Zarafshonnikidan ham ko'p, amirzodam. Agar undan Darg'omga o'xshagan shohariq chiqarilsa, qancha suvsiz joylar obod bo'lardi, qancha odamlar sizni duo qilardi(?)». (P. Qodirov)



Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin