«Ona tili» 9-sinf



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə109/131
tarix28.03.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#90629
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   131
2 5474398773276836666

Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa



Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 9-sinf uchun darslik. 9-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
1-topshiriq. Matnni o’qing.
Birontasini ko’rsatsangiz, o’lasizmi? Hammaning yuragini qon qildingiz-ku?
Yaxshi xat yozsa ham yig’laysan, yomon xat yozsa ham yig’laysan, nima qilaman ko’rsatib? (Abdulla Qahhor)


Bilib oling. Oilada, ko’cha-ko’yda kishilarning fikr almashishi jarayonida qo’llaniladigan nutq uslubi so’zlashuv uslubi sanaladi. So’zlashuv uslubi adabiy va oddiy so’zlashuv uslublarini o’z ichiga oladi.
Adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilingan so’zlashuv uslubi adabiy so’zlashuv uslubi, bunday xususiyatga ega bo’lmagan so’zlashuv uslubi esa oddiy so’zlashuv uslubi hisoblanadi.
So’zlashuv uslubining har ikki turi ko’pincha dialog shaklida ro’yobga chiqadi. Ikki shaxsning o’zaro so’zlashuvi dialogik nutq sanaladi. So’zlashuv uslubida so’zlar ko’pincha kinoya, piching, qochirmalarga boy bo’ladi. Bu uslubning yana bir o’ziga xos xususiyati – erkinligidir.


222-mashq. O’qing. Matnni qaysi uslubga mansubligini va bu uslubning o’ziga xos xususiyatlarini ayting.
— Badbaxt fitna! Qo’yasanmi, qo’ymaysanmi, axir? «Xubbil(Hubbil) vatani minal-imon(minalimon)», deganlar. — «Vatanni sevish imondadir», axir. Bilmasang bekor-da, Vatani yo’q (—) dunyoda lo'li, xolos. Meni bevatan, deb bildingmi?
So’fi bir oz qizib ham ketdi:
— Bu hovli-joy otangdan qolgani uchun o’zimniki deysanmi yo? Unday desang, boshput olib, o’rusvoyning reli (rels)ga tushib, «Hayt!» deb... Makatulloga jo’nab qolaman! Hovling boshingdan qolsin, fitna! (Cho‘lpon)


223-mashq, Matnni o’qing, og’zaki so’zlashuv uslubiga xos bo’lgan so’zlarni toping,
Men Abdulla Qodiriyga qayin ini bo’laman, ya’ni u kishining zavjalari Rahbarniso mening opam bo’ladilar.
«O’tkan kunlar» nashr etilishi bilan men uni darrov o’qib chiqdim. Bir kuni Abdulla pochchamiz uyimizga mehmonga keldilar. Ziyofat chog’ida so’radilar:
Xo’sh, mulla Asomiddin, «O’tkan kunlar»ni o’qidingizmi?
Ha, o’qidim, — dedim g’ururlanib.
— Necha marta o’qidingiz?
— Bir marta.
— Hm-m. Bu kitobni bir marta emas, besh marta o’qish kerak. Shunda siz muomalani, odobni, hayotni, tarixni, tilni o’rganasiz,- degandilar. (Asomiddin Rasulmuhammad o’g’li)



Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin