«Ona tili» 9-sinf



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə51/131
tarix28.03.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#90629
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   131
2 5474398773276836666

1-topshiriq. Berilgan qo’shma gap tarkibida nechta sodda gap borligini aniqlang.
Qadim yurtga qaytsin qadim navolarim,
Qumlar bosib qurimasin daryolarim,?
Alpomishga alla aytgan momolarim,
Ruhini shod etay desang, xalq bo’l, elim! (Muhammad Yusuf)

Bahor osmonida chaqnasa chaqin,


Ko'ksingdan otilar olovli nafas. (A. Oripov)


Bilib oling. Ergash gapning kesimi shart mayli shaklidagi fe’llar orqali ifodalanganda, shart mayli qo’shimchasi ergash gapni bosh gapga bog’lovchi vosita ham sanaladi. Bunday ergash gaplar bosh gapda ifodalangan mazmunning yuzaga chiqish yoki chiqmaslik shartini, paytini bildiradi. Yozuvda ergash gap bosh gapdan vergul bilan ajratiladi.


109-mashq. Ko’chiring, bosh va ergash gaplarni aniqlang. Ergash gapning bosh gapga qanday bog’lovchi vosita yordamida bog’lanayotganini ayting.
1. Yerga mehringni bersang, u senga rizq beradi, seni to’ydiradi. (E. Samandar) 2. Yomon bo’lar, agar ko’z yoshing tugab qolsa, kelgunicha baxt. (Shavkat Rahmon) 3. Esli-hushli do’stlaringiz bo’lsa, biznikiga olib kelarsiz. (Murod Muhammad Do’st) 4. Qorako’zni yana supurgi bilan ursang, unga kasov otsang, ukalaringnikiga ketib qolaman. (Said Ahmad)


111-mashq. Siz ham tabiatni kuzatganmisiz? Agar kuzatgan bo’lsangiz, bu haqda o’z fikr-mulohazalaringizni bildiring. Berilgan gaplarni bosh va ergash gaplarga ajrating.
1. Agar daraxt shoxlari yoz faslida sarg’aysa, kuz erta keladi. 2. Olma, olcha kabi mevali daraxtlar ikkinchi bor gullasa, bu kuzning iliq kelishidan darakdir. 3. Qaldirg’och pastlab uchsa, yog’ingarchilik bo’ladi. 4. Chinnigul o’zidan yoqimli hid taratsa, tez orada shamolni kutavering. 5. Baliq tez-tez suv betiga sapchib chiqsa, yomg’ir yog’adi. 6. Mevali daraxtlar ko’p hosil qilsa, qish qattiq keladi.


112-mashq Ko’chiring. Ergash va bosh gaplarni aniqlab, ergash gapni bosh gapga bog’lovchi vositalarni ayting.
1. Kasalini yashirsang, isitmasi oshkor qiladi. (Maqol) 2. Seni hurmat qilishlarini istasang, o’zingni hurmat qil. («Tafakkur gulshani) 3. Ichlari achimasa, menga o’sha gaplarni gapirmas edi. (Abdulla Qahhor) 4. Hurmat qilsang, hurmat ko’rasan. (Maqol) 5. Mehmon kelsa eshikdan, rizqi kirar teshikdan. (Maqol)



Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin