«Ona tili» 9-sinf



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə48/131
tarix28.03.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#90629
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   131
2 5474398773276836666

Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa



Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 9-sinf uchun darslik. 9-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu


Bilib oling. Bosh gapda ifodalangan mazmunning maqsadini, sababini bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga ko’pincha deb so’zi yordamida bog’lanadi va ergash gaplarning kesimi III shaxs buyruq mayli shaklidagi fe’llar bilan ifodalanadi. Bunday gaplar tarkibidagi deb so’zi uchun ko’makchisi bilan ma’nodosh sanaladi, shuning uchun bir-biri bilan erkin almashisha oladi. Ergash gaplar yozuvda bosh gapdan vergul bilan ajratiladi.


105-mashq. Ko’chiring. Ergash gapni bosh gapga bog’lovchi vositani va ergash gapning qanday ma’no bildirayotganini aniqlang.
1. Gul barglari uchishadi, tushmayin deb qo’lingga (Hamid Olimjon) 2. Shu mo’jaz uyimda yonsin deb chiroq, Ne aziz zotlarga yondoshdim gohi. (A.Oripov) 3. Kamalakdek rango-rang Bo’lsin deb, san’at, tillar, Asrlarcha qildim jang. (E. Vohidov) 4. Sen otashi ichida urasan javlon, Dushman qolmasin deb sevgan elimda. (Hamid Olimjon) 5. Yovlar yakson bo’lsin deb, Yigitlar jang boshladi, Yovlar qocha boshladi. (Hamid G’ulom)


IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V. Uyga vazifa
VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.


Ko’rildi:_____________


«Ona tili» 9-sinf
9-sinf «____» «_____________»
ERGASHGAN QO’SHMA GAPLAR
29-dars SHART MAYLI VOSITASIDA ERGASHGAN QO’SHMA GAPLAR


Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin