Ona tili darslarida interfaol metodlardan foydalanish


«Tushunchalar tahlili» metodi



Yüklə 65,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix19.12.2023
ölçüsü65,37 Kb.
#186460
1   2   3   4   5   6   7   8
ona-tili-darslarida-interfaol-metodlardan-foydalanish

«Tushunchalar tahlili» metodi.
Bu metod quyidagicha mulohaza qilinadi. 
Nazorat ishi yakunlanib, baholar e‘lon qilingandan so‘ng, har bir o‘quvchi nazorat 
daftarida o‘qituvchi tomonidan tekshirilgan va kamchiligi tuzatilgan so‘zlarni 
ko‘chirib yozadi. Bu metod ham o‘quvchini hushyorlikka chorlash bilan bir qatorda 
o‘z xatosini o‘z vaqtida tushunishga va bu xatoni boshqa takrorlamaslikka olib keladi. 
«Harfni his qilish» metodi
. “Harfn yoki so`zni his qilish” metodida 
o`quvchilar tik turgan holatda bo`ladi.Eng oxirida turgan o`quvchi orqasiga 
o`qituvchi tomonidan ruchkaning orqa tomoni bilan harf yoki so`z yoziladi. Keyingi 
o`quvchi oldingi o`quvchi orqasiga yozadi. Va shu tariqa davom etadi. Birinchi 
partadagi o`quvchi o`zining orqasiga yozilgan harfni his qilib sinf yozuv taxtasiga 
kelib yozadi. Bu metodni ko`pincha nafaqat harf shaklida 4-5 sinf o`quvchilarida 
qo`llash mumin, balki 5-6 sinf o`quvchilariga ikki uch harfli so`z shaklida ham 
qo`llash mumkin. Bu metodni kichik yoshdagi o`quvchilarga darslarda dam olish 
daqiqasi sifatida qo`llash mumkin. Darslarda bu kabi enerjayzer metodlarni qo`llash 
o`quvchilarning faolligini oshirishda katta ahamiyatga ega. 
Darslarni samarali tashkil etishda quyidagi o`yinlardan ham foydalanish 
maqsadga muvofiq. «Baliq ovi», «Kim hakam», «Taqdimot-tadqiqot», «Piramida», 
«Matn tuzib ko’r, aqling bo’lar zo’r», «Raketa», «To`g`ri noto`g`ri», «Xatosini top», 
«Xotira mashiqi», «Bo`g`in»,
«Mo`jizalar maydonchasi»,
«Maqol»,
«So`zdan so`z 
yasash» o`yinlaridir. 
«Baliq ovi» o`yini. 
Doskaning bir tomoniga dengiz rasimi, ikkinchi tomoniga 
akvarium rasimi tushiriladi. Dengizda baliqlar bo`ladi. O`quvchi dengizdagi 
baliqlardan birini tutib uni orqa qismidagi savollarga javob beradi. Javob to`g`rib 
o`lsa baliqni akvariumga , noto`g`rib bo`lsa dengizga qo`yib yuboradi. 

Yüklə 65,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin