«Tushunchalar tahlili» metodi. Bu metod quyidagicha mulohaza qilinadi.
Nazorat ishi yakunlanib, baholar e‘lon qilingandan so‘ng, har bir o‘quvchi nazorat
daftarida o‘qituvchi tomonidan tekshirilgan va kamchiligi tuzatilgan so‘zlarni
ko‘chirib yozadi. Bu metod ham o‘quvchini hushyorlikka chorlash bilan bir qatorda
o‘z xatosini o‘z vaqtida tushunishga va bu xatoni boshqa takrorlamaslikka olib keladi.
«Harfni his qilish» metodi . “Harfn yoki so`zni his qilish” metodida
o`quvchilar tik turgan holatda bo`ladi.Eng oxirida turgan o`quvchi orqasiga
o`qituvchi tomonidan ruchkaning orqa tomoni bilan harf yoki so`z yoziladi. Keyingi
o`quvchi oldingi o`quvchi orqasiga yozadi. Va shu tariqa davom etadi. Birinchi
partadagi o`quvchi o`zining orqasiga yozilgan harfni his qilib sinf yozuv taxtasiga
kelib yozadi. Bu metodni ko`pincha nafaqat harf shaklida 4-5 sinf o`quvchilarida
qo`llash mumin, balki 5-6 sinf o`quvchilariga ikki uch harfli so`z shaklida ham
qo`llash mumkin. Bu metodni kichik yoshdagi o`quvchilarga darslarda dam olish
daqiqasi sifatida qo`llash mumkin. Darslarda bu kabi enerjayzer metodlarni qo`llash
o`quvchilarning faolligini oshirishda katta ahamiyatga ega.
Darslarni samarali tashkil etishda quyidagi o`yinlardan ham foydalanish
maqsadga muvofiq. «Baliq ovi», «Kim hakam», «Taqdimot-tadqiqot», «Piramida»,
«Matn tuzib ko’r, aqling bo’lar zo’r», «Raketa», «To`g`ri noto`g`ri», «Xatosini top»,
«Xotira mashiqi», «Bo`g`in»,
«Mo`jizalar maydonchasi»,
«Maqol»,
«So`zdan so`z
yasash» o`yinlaridir.
«Baliq ovi» o`yini. Doskaning bir tomoniga dengiz rasimi, ikkinchi tomoniga
akvarium rasimi tushiriladi. Dengizda baliqlar bo`ladi. O`quvchi dengizdagi
baliqlardan birini tutib uni orqa qismidagi savollarga javob beradi. Javob to`g`rib
o`lsa baliqni akvariumga , noto`g`rib bo`lsa dengizga qo`yib yuboradi.