Ona tili darslarida interfaol metodlardan foydalanish


«Beshinchisi (oltinchisi, yettinchisi ...) ortiqcha» metodi



Yüklə 65,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix19.12.2023
ölçüsü65,37 Kb.
#186460
1   2   3   4   5   6   7   8
ona-tili-darslarida-interfaol-metodlardan-foydalanish

«Beshinchisi (oltinchisi, yettinchisi ...) ortiqcha» metodi.
«Oshxona 
jihozlari», «Qushlar», «Uy hayvonlari va parrandalar» kabi mavzularini o’rganishda 
yangi mavzuni mustahkamlash uchun mazkur metodni qo’llash ijobiy natija beradi. 
Bunda mavzuga oid to’rtta va taalluqli bo’lmagan (ortiqcha) bitta so’z (tushuncha, 
fikr) beriladi. O’quvchilar ana shu so’zni (tushuncha, fikr) aniqlaydilar. Yozuv 
ekranda ko’rsatiladi. O’quvchilar ortiqcha so’zni aniqlashadi. Uy hayvonlari: sigir, 
qo’y, toshbaqa, ot, it. So’ng bu so’zlar ishtirokida gap tuzish topshirig’i beriladi va 
tuzilgan gaplar asosida axloqiy tarbiya beriladi. Namuna: Ot - insonning eng 
ishonchli do’sti. O’quvchilar tomonidan tuzilgan gaplar asosida o’quvchilar qalbida 
ona tabiatga muhabbat uyg’otiladi, uy hayvonlariga nisbatan ijobiy munosabatda 
bo’lishga o’rgatiladi. 
«Sirli sandiqcha» metodi.
Sirli sandiqcha metodi ham o`quvchining mantiqiy 
fikrlashini shakllantirishga yordam beradi. Ushbu metoddan foydalanish uchun 
o`quvchilar guruhlarga bo`linadi.O`qituvchi doskaga 4 ta mavzu nomini ilib ular 
haqida hech qanday ma`lumot yozmaydi. Masalan, So`z turkumlari‖ mavzusi 
o`tilganda Ot, Sifat, Son, Fe`l kabi. Sirli sandiqcha‖da esa so`z turkumlariga oid 
ma`lumotlar, misollar yozilgan bo`ladi. O`quvchilar bu ma`lumotlar qaysi so`z 
turkumiga tegishli bo`lsa qog`ozni shu so`z turkumi tagiga qistirib boradi.O`qituvchi 
bajarilgan ishni tahlil qiladi va rag`bat kartochkalari beradi.Eng ko`p rag`bat 
kartochkasi to`plagan guruh g`olib bo`ladi. 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(4/2), April, 2023 
311 

Yüklə 65,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin