Ona tili darslarida interfaol metodlardan foydalanish


MUHOKAMA. «Klaster» metodi



Yüklə 65,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix19.12.2023
ölçüsü65,37 Kb.
#186460
1   2   3   4   5   6   7   8
ona-tili-darslarida-interfaol-metodlardan-foydalanish

MUHOKAMA.
«Klaster» metodi.
Klaster” grafik organayzeri “Fikrlarning tarmoqlanishi” 
degan ma’noni anglatadi. Bu metod turi o‘quvchilarning biron-bir mavzuni chuqur 
o‘rganishlariga yordam berib, ularni mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrlarni 
erkin va ochiq uzviy bog‘langan ketma-ketlikda tarmoqlashni o‘rgatadi. “Fikrlarning 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(4/2), April, 2023 
310 
tarmoqlanishi” quyidagicha tashkil etiladi: 1.Xayolga kelgan har qanday fikr bir so‘z 
bilan ifoda etilib ketma-ket yoziladi; 2. Fikrlar tugaguncha, yozishda davom etiladi va 
fikrlar tugasa, u holda yangi fikr kelgunga qadar biron rasm chizib turiladi; 3. Darsda 
imkon boricha fikrlarning va o‘zaro bog‘liqlik ketma-ketligini ko‘paytirishga harakat 
qilinishi lozim. Ona tili darslarida “So‘z turkumlari” mavzusini yoritishda “Klaster” 
usuli beqiyos ahamiyat kasb etadi. Chunki bu metod orqali o‘quvchilar mavzuga oid 
tushunchalar ustida ishlaydi. Masalan, sifat so‘z turkumiga oid tushunchalarni ular 
quyidagi tartibda tarmoqlarga ajratishlari mumkin.
“Klaster” usulida so‘z turkumlari 
tushuntirilganda o‘quvchining diqqatini shu mavzuga qaratish maqsadida markazga 
so‘z turkumlariga oid tushunchalar yoziladi. O‘quvchilarlar mavzuga oid barcha 
fikrlarini markazning atrofiga joylashtirib yozadilar. Fikrlar bayon etilgandan so‘ng 
har bir fikr yoki so‘zni toifalarga ajratib chiqadilar.
“Klaster” usuli quyidagi 
maqsadlarga erishish uchun qo‘llaniladi:1.O‘quvchilar so‘z boyligini oshirish
2.Yozma nutqni takomillashtirish; 3.Fikrlash qobiliyatini shakllantirish; 4.Toifalarga 
ajrata olish qobiliyatini rivojlantirish. 

Yüklə 65,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin