108. Fe’lning zamon, shaxs-son qo’shimchalarisiz qismi qaysi maylni ifodalaydi? A) І shaxs buyruq - istak maylini
B) ІІ shaxs buyruq - istak maylini
C) ІІІ shaxs buyruq - istak maylini
D) І shaxs xabar maylini
109.SHart mayli edi , ekan to’liqsiz fe’llari bilan kelganda qanday ma’nolarni bildiradi? A) buyruq - istak B) orzu – istak C) xabar D) taxmin - gumon
110. Ertaga yomg’ir yog’sa kerak. Ushbu gapdagi shart mayli fe’li qanday ma’no ifodalayapti? A) orzu - istak B) taajjub C) taxmin - gumon D) xabar
111.Qaysi gapda shart mayli fe’li to’liqsiz fe’l bilan noto’g’ri birikkan ? A) Imtihonlar boshlanib, o’qishlarga kirib olsam edi .
B) Bir piyola ayron bo’lsaydi, maza qilib ichib olardim .
C) Tog’lar bizga o’z sirlarini ochsa ekan, foydali qazilmalarni qazib olar edik .
D) Barcha gapda shart maylidagi fe’llar to’liqsiz fe’l bilan to’g’ri birikkan .
112.Fe’ldan ifodalangan harakat va holatni bajaruvchi shaxsni bildirib, fe’lni kesim sifatida shakllantiruvchi, ega bilan bog’lab keluvchi shakllar ... A) egalik shakllari deyiladi
B) mayl shakllari deyiladi
C) shaxs-son shakllari deyiladi
D) zamon shakllari deyiladi
113.Fe’llarning І va ІІ shaxsi maxsus shakllar orqali ifodalanadi ? ІІІ shaxs-chi ? A) ІІІ shaxsda shaxs ma’nosini ifodalovchi maxsus shakl yo’q.
B) –lar ko’plik qo’shimchasi ІІІ shaxs ma’nosini ifodalaydi
C) –lik qo’shimchasi ІІІ shaxs ma’nosini ifodalaydi
D) ІІІ shaxsdagi zamon qo’shimchasi shaxs ma’nosini ham ifodalaydi.
114.-m, -ng, -k qo’shimchalari qaysi zamon shakllaridan so’ng qo’shiladi? A) ravishdosh shaklidan so’ng
B) sifatdosh shaklidan so’ng
C) sof fe’l va ravishdosh shaklidan so’ng
D) o’tgan zamonninng -di hamda kelasi zamon shart mayli -sa shaklidan so’ng
115.Xabar mayli qanday shakllanadi? A) fe’l asosiga sifatdosh va harakat nomi qo’shimchalari qo’shish orqali
B) fe’l asosiga ravishdosh va sifatdosh qo’shimchalarini qo’shish orqali
C) fe’l asosiga zamon va shaxs - son qo’shimchalarini qo’shish orqali
D) fe’l asosiga hech qanday qo’shimcha qo’shmagan holda
116.Ravishdosh, sifatdosh shakllari hamda sof fe’lning hozirgi zamon shakllaridan so’ng qaysi tuslovchi qo’shimchalar qo’shiladi? A) -m, -ng B) -k, -ngiz
C) -man, -san D) -k, -ingiz
117.Qaysi gapda tuslangan fe’l mavjud emas? A) Gullarni yaxshilab parvarish qilmoqchiman. B) Yaxshisi, birodar, bu yerdan ket.
C) Qani endi, kompyuterni bilib olsam edi .
D) Siz ularga yaxshilab tushuntirdingiz-ku!
118.Qaysi so’zlarda shaxs-son qo’shimchalari mavjud? A) borgin, ayttir B) sahnang, bolg’am
C) odobsiz, murosasiz D) pullaysan, surdim
119.SHart maylidagi fe’lga nisbat yoki bo’lishsizlik qo’shimchalari qay tarzda qo’shiladi? A) -sa qo’shimchasidan keyin
B) -sa qo’shimchasidan oldin
C) nisbat qo’shimchasi -sa qo’shimchasidan oldin, bo’lishsizlik qo’shimchasi -sa qo’shimchasidan keyin
D) shart maylidagi fe’lga bo’lishsizlik qo’shimchasi -sa dan so’ng qo’shiladi, nisbat qo’shimchasi umuman qo’shilmaydi.
120.Harakat-holatning tez va kutilmaganda ro’y berishini ifodalaydigan fe’l turi qaysi? 1.qo’shma fe’l 2.sodda fe’l 3.ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi 4.juft fe’l 5.ravishdosh 6.sifatdosh A) 3, 4, 5 B) 1, 2, 5, 6 C) 5, 6 D) 4
121.To’liqsiz fe’lning vazifasi nima? A) xabar, buyruq-istak, shart ma’nolarini ifodalash
B) harakatning ma’lum zamon yoki maylda bajarilishini ifodalash
C) asosdan anglashilgan harakatning turli bosqichlarini ifodalash
D) harakat va holatni bajaruvchi shaxsni bildirish
Ravish 1.Harakat-holatning bajarilish tarzi, payti, o’rni, daraja-miqdori kabi belgilarini bildiruvchi so’zlar … A) sifat B) olmosh C) ravish D) son