Onako’krakdan boqishda uchraydigan qiyinchiliklar Ko’krakning to’lishishi



Yüklə 497,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix22.06.2022
ölçüsü497,19 Kb.
#62061
1   2   3   4   5   6   7   8   9
№8 taqdimot 1832d117a5d9f7da6a303c7cff38a343

Ko’krak abssessi
4
 
Simptomlari: ko’krak bezida o/riqli shish, ko’krakni suyuqlikka to’ldirilganday his 
qilish. Shish o’rnida teri rangi o’zgarishi mumkin. Sababi: Odatda yaxshi 
davolanmagan mastitdan kelib chiqadi. 
YOrdam: Absessni drenaj qilish va penitsillinazaga chidamli antibiotiklar bilan 
tozalash kerak. Agar mumkin bo’lsa, drenaj kichik kesma orqali kateter yordamida 
yoki bo’lmasa nina bilan aspiratsiya qilish (bir necha marta takrorlashga to’/ri kelishi 
mumkin) bilan amalga oshiriladi. Kateter yoki ninani ultratovush orqali joylashtirish 
kerak. Katta jarrohlik kesmasidan cheklangan ma’qul, u areola va sut yo’lchalarini 
lat yedirishi va emizishga xalaqit berishi mumkin. Ona jarohatlangan ko’krakdan 
emizishda davom etishi mumkin. Lekin emish juda o/riqli bo’lsa yoki ona emizishni 
istamasa, unga qanday qilib sutni so/ib olishni ko’rsatish va o/riq kamayishi bilan 
odatda 2-3 kunda – yana emiza boshlashni maslahat berish kerak. Ona boshqa 
ko’krakdan emizishni davom ettirishi mumkin. Infeksiya tushgan ko’krakdan 
emizish bolaga ta’sir qilmaydi (faqat agar ona OIV bilan kasallangan bo’lmasa). 
Agar emizishda davom etilsa, sut ba’zan kesmadan oqib tushishi mumkin. U ma’lum 
muddatdan so’ng quriydi va emizishni to’xtatish uchun asos bo’la olmaydi. 
Ko’krak uchi yalli/lanishi yoki yoriqlari
5
 
Simptomlari: Ona emizayotganida ko’krak uchida qattiq o/riq paydo bo’ladi. 
Ko’krak uchida yoki uchining yonida ko’rinarli yoriq bo’lishi mumkin. Emizib 
bo’lgandan so’ng ko’krak uchi bir tarafdan ikkinchi tarafga ezilgan bo’lib ko’rinishi, 
uchida oq chiziqcha hosil bo’lishi mumkin. 
4
Ахмедова Д.И., Шамансурова Э.А.Эмизикли ва эрта ёшдаги болаларни овқатлантириш ўқув қўлланмаси 
Тошкент 2014й.,172бет 
5
Ахмедова Д.И., Шамансурова Э.А.Эмизикли ва эрта ёшдаги болаларни овқатлантириш ўқув қўлланмаси 
Тошкент 2014й.,171бет 


Sababi: Ko’krak uchlarining yalli/lanishi va yoriqlar hosil bo’lishi asosiy sababi – 
noto’/ri ko’krak tutishda. Bola emayotgan paytda ko’krak uchini ichkariga va 
tashqariga tortishi, hamda o/zi bilan terini ishqalashidan paydo bo’lishi; yoki noto’/ri 
emish natijasida ko’krak uchiga qattiq bosim tushishidan yuzaga kelishi mumkin. 
YOrdam: Onaga holatni va bolani ko’krakka tutishni yaxshilashda yordam berish 
kerak. Ko’pincha, bolani ko’krakka to’/ri tutilishi bilan, o/riq kamayadi. Bola odatda 
emishda davom etishi mumkin. Ko’krakka dam berishga hech qanday ehtiyoj yo’q 
– ko’krak uchi boshqa jarohatlanmasa, tez so/ayib ketadi. 

Yüklə 497,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin