Onako’krakdan boqishda uchraydigan qiyinchiliklar Ko’krakning to’lishishi


Emizikli bolalarda uchraydigan qiyinchiliklar



Yüklə 497,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix22.06.2022
ölçüsü497,19 Kb.
#62061
1   2   3   4   5   6   7   8   9
№8 taqdimot 1832d117a5d9f7da6a303c7cff38a343

Emizikli bolalarda uchraydigan qiyinchiliklar
7

Labda va/yoki tanglaydagi yoriq: bolada anatomik nuqsonlar sababli ko’krakka 
tutish va uning natijasida emish qiyin kechishi mumkin. Agar yoriq faqat labda 
bo’lsa, ko’krak uni qamrab olganligi sababli bola yaxshi emishi mumkin. Agar til 
ko’krak uchiga tegadigan darajada yetarli tanglay bo’lsa, ba’zan tanglayida yori/i 
bor (bo’ritanglay) bola ham yaxshi emishi mumkin. 
Kalta til tizginchasi: til ostidagi tizgincha deb ataladigan to’qima chizi/i juda kalta 
bo’lsa, tilni pastga tortib turadi. Bunda bola emishga qiynaladi va ko’krak uchi 
yalli/lanishi va qichishishiga olib kelishi mumkin. Bola zarur miqdorda sut ema 
olmagani sababli yetarli darajada vaznining ortmasligiga olib kelishi mumkin. 
Mushaklar zaifligi: Daun sindromi yoki bolalar serebral falaji bor chaqaloqlar zaiflik 
sababli emishda qiynalishi mumkin. 
 YUrak va buyraklarning tu/ma nuqsonlari: emizish yoki sut ishlab chiqarilishi bilan 
bo/liq ochiq hech qanday muammo bo’lmasa-da, bola o’smaydi. 
Bunday kasalliklarni ko’z bilan il/ash qiyin va bolani sinchiklab ko’rikdan 
o’tkazish lozim. 
Davolash. Labda va/yoki tanglaydagi yoriq: Bolani jarrohlik amali o’tkazilishiga 
yo’llash kerak, odatda bunday jarrohlik bir bosqichli yoki bir 
necha oylar orali/ida o’tkaziladigan bir necha bosqichli bo’ladi. Bolaning 
jarrohlikdan avval yaxshilab o’sishi va yaxshi ovqatlanishi muhim. Onaga bolani 
vertikal holda, o’tirib, ikki oyo/ini ona sonlarining ikki tarafiga qaratib tutishga 
yordam berish kerak. Bunday holatda yutinish oson kechadi va u bolaning to’liq 
yoki qisman ko’krak suti bilan emizilishiga yordam beradi. Jarrohlik amali 
o’tkazilgunga yoki emishga yordam beruvchi ortopedik moslamalar berilgunga 
qadar, ona o’z sutini so/ib olib, piyolada yoki qoshiqda bolaga berishi mumkin. 
Oilaga bolani qabul qilishi, tegishlicha parvarishlashi va agar jarrohlik amali 
o’tkazilsa, bolaning deyarli normal bo’lishiga va normal hayot kechirishiga 
ishonishida katta yordam va qo’llab-quvvatlovchi yordam kerak bo’lishi mumkin. 
Kalta til tizginchasi. Agar til tizginchasining kaltaligi emizishda qiyinchilik tu/dirsa, 
u holda bolani uning tizginchasini kestirish uchun mutaxassis shifokorga yo’llash 
kerak. Kesish muammoni ijobiy bartaraf etishning oddiy va xavfsiz usulidir. 
7
Ахмедова Д.И., Шамансурова Э.А.Эмизикли ва эрта ёшдаги болаларни овқатлантириш ўқув қўлланмаси 
Тошкент 2014й.,199бет 


Mushaklar zaifligi
8
Onaga «tansor» qo’llar holati yordamida bolani ko’krakka to’/ri 
tutishni o’rgatish kerak. Bolaning o/zini ona ko’kragi oldiga keltirish uchun ona 
bolaning iyak va boshidan tutadi. Bunday bolalar sekin emadi va ona o’z sutini so/ib, 
qo’shimcha ravishda piyola yoki naycha orqali ham berishi mumkin. Bola bilan 
yaqinlashishi, oziqlantirish uchun qo’lidan kelgan barcha amallarni bajarayotganini 
his qilishi va qiyinchiliklarga qaramay parvarishda davom etaverishi uchun onani 
qo’shimcha qo’llab-quvvatlash va unga maslahatlar berib turish kerak. 

Yüklə 497,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin