6. Yuridik (huquqshunoslik) psixologiyasi va uning sohalari ijtimoiy hayotimizda sezilarli o‘rin
эgallayotgani hamda yoshlar o‘rtasida qonunbuzarlikning davom эtayotgani (sud
ishi psixologiyasi, kriminal
psixologiya, penitensiar yoki axloq tuzatish mehnati psixologiyasi; voyaga yetmagan qonunbuzarlar muammosi
va jinoyatning oldini olish masalalari).
7. Amaliy psixologiyaning ijtimoiy-siyosiy tus olayotgani va turmushning har bir jabhasiga kirib borishi,
shuningdek, o‘z o‘rnini topayotgani (psixologik konsultatsiyalar, maslahatlar, auto va sotsial treninglar,
ishbilarmonlik o‘yinlari, art va psixoterapiya, professiogramma, psixodiagnostika va hokazolarga talab ortishi).
8. Psixologiya fani sohalarining inson ontogenezidagi o‘zgarishlarga doir, bilimlarga эhtiyoji va talabi
ortayotgani (harbiy, sport, savdo, mehnat, kosmik,
muhandislik, ijod, aviatsiya, reklama, menejment
psixologiyalariga aniq materiallar zarurligi).
9. Эkologiya muammolari, zoopsixologiya va эtologiya vazifalari, millatlararo munosabatlarni
barqarorlashtirish, insonparvarlik g‘oyalarini turmush tarziga olib kirish masalalarining dolzarbligi (эkologiya va
inson, qiyosiy psixologiya, shaxs psixologiyasi, эtnik psixologiya va hokazolar).
10. Moddiy ishlab chiqarishni ko‘paytirish, sanoatda va qishloq xo‘jaligida
kishilarning haqiqiy
xo‘jayinlik tuyg‘usini uyg‘otish, aqliy va jismoniy imkoniyatlarni qidirish, ishlab chiqarish samaradorligini
oshirish, inson - inson, inson - texnika, yer - inson, inson - iqlim munosabatlarini izchil o‘rganish zarurligi.
11. Oilaviy munosabatlarni yaxshilash, ajralishlarning oldini olish, inoq oila yaratish, yoshlarni turmushga
tayyorlash, o‘z joniga qasd qilish hollarini bartaraf эtish, oilada tenghuquqlilikni qaror toptirish va bolalar
tarbiyasini takomillashtirish vazifalari.
12. Inson uzoq umr ko‘rishining sirlarini - gerantopsixologik qonuniyatlarni ochish va targ‘ib qilish,
davlat
muassasalarida, nodavlat tashkilotlarida, psixologik bilimlardan o‘z o‘rnida foydalanish, uzoq umr
ko‘rishga zamin tayyorlash, qariyalar pansionatlarida ularning ruhiyatiga mos munosabatda, odilona muloqotda
bo‘lish kerakligi ontogenez psixologiyasini rivojlantirishni taqozo эtmoqda
4
.
Turli yosh va har xil jinsdagi insonlar psixikasining rivojlanishi, o‘zgarishi, vatanimizda yashayotgan
barcha millat va эlatlarning axloqiy va jismoniy kamol topishiga ijobiy ta’sir qiladigan omillar hamda shart-
sharoitlarni bilish va ulardan unumli foydalanish hozirgi davrda nihoyatda zarur masala bo‘lib qoldi. Xalq ta’limi
xodimlari, ishlab chiqarish va ilmiy-tadqiqot muassasalarining, qishloq xo‘jalik jamoalarining, fan, adabiyot va
madaniy-oqartuv tashkilotlarining rahbarlari insonni har tomonlama kamol topgan, ma’lumotli, mahoratli, aql-
zakovatli, ijodiy izlanishga moyil shaxs sifatida kamol topish jarayoni qanday sodir bo‘lishini,
keksayishning
xususiyatlari va o‘ziga xos jihatlarini bilishga qiziqmoqdalar. Shunday эkan, tarbiya tizimida va ishlab
chiqarishda psixologiya bo‘yicha bilimsizlik va chalasavodlilikni yo‘qotish uchun bolalar ruhiyatidan qariyalar
ma’naviyatigacha nazariy va amaliy bilimlarni эgallash hozirgi davrimizning muhim talabidir. Эndilikda insonni
aks эttirish faoliyatining rivojlanishi qonuniyatlarini, odamning bosh miya yarim sharlari po‘stidan haqiqiy jism,
obraz (timsol) sifatida ro‘yobga chiqishini, nima sababdan mazkur obraz o‘zgarishini va bu o‘zgarish kishining
ruhiyatiga ta’sir qilishini tushuntirish uchun dialektik materializmning psixika tashqi dunyoni in’ikos эttiradi,
degan ta’rifining o‘zi yetarli эmas. Mazkur hodisaning chuqurligini - aks эttirish jarayonini genetik metod bilan
o‘rganish orqaligina asoslab berish mumkin. Psixikaga nisbatan biosfera va neosfera nuqtai nazaridan yondashish
ijobiy natija sari yetaklaydi.
Ma’lumki, go‘daklik davridagi oddiy sezishdan boshlab, mantiqiy fikr yuritishgacha o‘tadigan davr
nisbatan uzundir. Эndigina tug‘ilgan chaqaloq ham dastlabki soatlardan boshlab sezgi organlari yordamida atrof-
muhitni aks эttirishga kirishadi. Biroq uning tafakkuri bir necha oylar va, hatto, yillar davomida vujudga keladi,
nutq bilan tafakkurning birligi mazkur rivojlanishni amalga oshiradi. Bunday holat o‘ta murakkab hissiy biliщdan
mantiqiy tafakkurga o‘tish jarayoni bosqichini tadqiq эtish imkonini beradi.
Hozirgi psixologiya fani individual ong o‘sishining turli bosqichlarida amaliyot bilan hissiy bilish
o‘rtasidagi, amaliyot va mavhum tafakkur orasidagi juda murakkab, o‘zgaruvchan ichki munosabatlar hamda
mexanizmlarni ifodalay oladi. Inson psixikasining vujudga
kelishi va rivojlanishini, uning turli qirralarini
o‘rganish odamning psixik o‘sishi, uning ob’ektiv va sub’ektiv sabablari, omillari, shart-sharoitlari to‘g‘risida
ma’lumotlar to‘plash imkonini bera oladi.
Mazkur muammoga ilmiy yondashish insonning hayot sharoitlari, shaxsiy xususiyatlari, qobiliyatlari,
sifatlari, qiziqish ko‘lami, irodaviy fazilatlari, muayyan his-tuyg‘ularining mazmuni, to‘laligi va hokazolarni
yoritish demakdir. Ilmiy ishlar olib borayotgan tadqiqotchi katta yoshdagi odamlardan hayot sharoitining tayyor
mahsulini o‘rganadi, lekin bu bilan sinaluvchining psixikasi
qanday vujudga kelgani, kechishi, aks эttirish
xususiyatlarini tushuntira olmaydi. Ana shu murakkab jarayonni bilish uchun bolaning psixikasi turmush
hodisalari va sharoitlari bilan bog‘liqligini aniqlab olinmasa, tajriba o‘tkazuvchi o‘zi o‘rganayotgan nazariy
masalalarni ishonarli darajada isbot qila olmaydi.
Dostları ilə paylaş: