Ontogenez psixologiyasiga yangicha yondoshuv. Reja



Yüklə 278,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/14
tarix03.05.2023
ölçüsü278,93 Kb.
#106958
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
BAHRONOV SHAHZOD

4
 ғозиев 


Inson psixikasining rivojlanishidagi sabab-oqibat va ularning variantlari, invariantlari, modifikatsiyalari, 
munosabatlarini bilish bola tarbiyasida эng qulay shart-sharoitlarni vujudga keltirish uchun nihoyatda zarur. 
Shunday qilib, ontogenez psixologiyasi fanini o‘rganish ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga эga. U ham 
boshqa fanlar qatorida rivojlandi, bunda эksperimental biologiya va genetika, meditsina, sotsiologiya kabi 
fanlarning xizmati kattadir. Ontogenez va differensial psixologiya fani dialektikaning prinsiplariga, oliy nerv 
faoliyati qonunlariga, differensial psixofiziologiya qonuniyatlariga, psixologlar to‘plangan materiallarga tayanib, 
inson psixikasining kechishi, rivojlanishi, o‘zgarishi yuzasidan bahs yuritadi. Ijtimoiy turmushning barcha 
jabhalaridagi amaliy masalalarni hal qilishda faol ishtirok эtadi. Ko‘pchilik mamlakatlarda bola psixologiyasini 
o‘rganish uchun, laboratoriyalarda ilmiy tadqiqot ishlari tashkil qilindi, maxsus jurnallar paydo bo‘ldi. 
Germaniyada bola psixologiyasini tekshirish ishlari keng ko‘lamda olib borilgan. 1899 yil Berlinda bola 
psixologiyasini o‘rganish bo‘yicha alohida tashkilot tashkil qilindi, uning birinchi Prezidenti эtib K.Shtumpar 
saylangan. 1896 yil bolani tekshirish bo‘yicha jurnallar tashkil эtilgan. 
Leypsigda “pedagogika, psixologiya, patologiya, gigiena jurnali” chiqa boshlagan. 1900 yilda Leypsigda 
“Pedagogika va psixologiya bo‘yicha ishlar”, 1905 yilda Leypsigda “pedagogik tadqiqot jurnali” (1911 yil u 
“pedagogika psixologiya jurnal va pedagogik tadqiqot”) nomi bilan chiqa boshlagan. Ko‘pchilik nashrlar 
filosofiya, umumiy psixologiya va fiziologik psixologiya bo‘yicha, bola psixologiyasi va pedagogika savollarini, 
o‘z ichiga qamrab olgan. 
Bola pedagogikasi va psixologiyasining muammosini hal qilishda V.Ament, R.Gaupp, K.Gross, V.Lay 
va boshqalar faol ishtirok эtdilar. Bunga ma’lum ma’noda V. Preyfaning mehnatlari ta’sir qildi. 1879 yil tashkil 
qilingan Leypsigdagi V.Vuntning psixologik laboratoriyasi, o‘smir psixologiyasining muammosini hal qilishda 
muhim rol o‘ynaydi. 
Bir tomondan u ko‘pchilik psixologlar uchun tadqiqot maktabi hisoblandi (nafaqat nemislar, balki butun 
mamlakatlar, shu qatorda Rossiya ham), boshqa tomondan эsa, bola psixologiyasini tekshirishda, tadqiqot 
o‘tkazish uchun o‘ziga ishonchni hosil qildi. 
XIX asrning oxirida bolalar psixologiyasini o‘rganish uchun ko‘p mamlakatlarda maxsus laboratoriyalar 
ochildi. Fransiyada bolaning bilimini kuzatishda A.Bine katta rol o‘ynaydi. U 1905 yilda Parijdagi boshlang‘ich 
maktablarning birida o‘zining laboratoriyasini tashkil эtdi. Bu maktabda laboratoriya o‘zining asosiy masalasini 
bolaning jismonan va psixik tuzilishini o‘rganish va har doim o‘qituvchilarini talabiga javob beradigan usullarni 
ishlab chiqarish deb belgilab qo‘ydi. Bu laboratoriyada amalga oshirilgan ishlar natijasi A.Binening “Bolalar 
haqida zamonaviy fikrlar” kitobida o‘z aksini topdi. Bu kitob nafaqat Fransiyada balki chet-эllar (Rossiyada)da 
ham tarjima qilingan. A.Bine bilan T.Simon birgalikda maktab bolalarini aqliy jihatdan o‘sishini aniqlash uchun 
test tuzdilar. 
AQShda chaqaloqning tuzilishini o‘rganish jarayonining asoschisi S.Xoll hisoblanadi. 1893 yil u 
“Bolalarni tekshirish” tashkilotini tashkil эtdi, bundan keyin shunga o‘xshash tashkilotlar boshqa shtatlarda ham 
tashkil эtildi. Jumladan, 1894 yil-Illinoys va Ayova, 1895 yil-Nebraska va Ontario, 1896 yil Minnisota va Kanzas 
shtatlarida va hokazolar. 
Shveysariyada muhim, ilmiy tekshirish ishlarini Э.Klapared olib bordi. 1901 yildan boshlab, hozirgi 
vaqtgacha “psixologiya arxivlari” chiqarilmoqda. 1905 yilda uning taklifiga ko‘ra, chaqaloq psixologiyasini 
o‘rganish bo‘yicha bo‘lim tashkil qilingan. U Jenevada J.J. Russo nomidagi pedagogik institutning tashkilotchisi 
hisoblanadi. Jeneva universitetining laboratoriyasida u bir necha marta maxsus kurslar, o‘qituvchilar uchun 
psixologiya bo‘yicha kurslar, bola o‘sishidagi tekshirishlar uchun maxsus kurslar ochdi. 
Bolalar psixologiyaga qiziqish boshqa mamlakatlarda ham paydo bo‘la boshladi. Jumladan, Angliyada 
“bolalarni o‘rganish tashkiloti” tashkil эtildi. Ayniqsa, Dj.Sellinning ishlari mashhur qozongan va boshqa tillarga 
tarjima qilingan (“bolalar psixologiyasi ocherki”, “pedagogik psixologiya”). 
Belgiyada I.Shuyten, Antverpena pedagogik laboratoriyaning asoschisi. 1902 yilda “Pedagogik jamiyat” 
tashkil qilingan va o‘zining byulletenini chiqargan. 
Bryusselda J.Demor va O.Dekrali bolani o‘rganish bo‘yicha, muhim ishlar olib bordi. Ayniqsa, aqli zaif 
bolalar psixologiyasiga diqqat э’tiborini qaratdi. 
1905 yil Bryusselda pedagogik maktabda, 1906 yil pedagogik maktab Monsada chaqaloqni o‘rganish 
bo‘yicha shaxsiy kurslar kiritilgan. 1906 yil Bryusselda pedtexnik jamiyat tashkil topgan. Italiyada pedagogik 
tadqiqot bo‘yicha, psixologik laboratoriya tashkil qilindi. 1903 yil Budapeshtda chaqaloqni tekshirish ishlari tan 
olindi. 1906 yil shunga o‘xshash jamiyat Belgradda ham tashkil qilindi. Chaqaloqni o‘rganishga bo‘lgan 
harakatda boshqa mamlakatlar ham qatnashdi. Yosh davrlari bilan bog‘liq muammolar xalqaro kongresslarda 
muhokama эtilgan. Ushbu kongresslarda maktab gigienasi alohida э’tiborga olingan. (Nyurnberg 1904 yil, Milna 
1906 yil). Bundan tashqari kongresslarda psixologik tarbiyaga (rasmdan o‘qitish (1900 yil Parij, 1908 yil London) 
oid yondoshuvlarga alohida э’tibor qaratilgan. 


Xalqaro kongresslarda umumiy psixologiyaga muhim o‘rin ajratilgan. 
1900 yil Parijda bo‘lib o‘tgan 4-kongressda P. Nechaev bola xotirasining rivojlanishi to‘g‘risida ma’ruza 
o‘qidi. 1911 yil Bryusselda chaqaloqni o‘rganish bo‘yicha xalqaro kongress bo‘lib o‘tdi. Yuqorida tilga olingan 
tadqiqotlar ontogenez psixologiya fanini fan sifatida shakllanishiga turtki berdi. Aynan tadqiqotda olingan ilmiy 
manbalar fanni nazariy jihatdan boyishiga olib keldi. 

Yüklə 278,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin