Operatsion tizimlar «Informatika va Axborot texnologiyalari»


Buyruqlarni bajarishdagi tanaffus (pauza)



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/61
tarix01.06.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#60316
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   61
Hhjg

Buyruqlarni bajarishdagi tanaffus (pauza) 
DOSning buyrug‘i bajarilayotganda ekranda Strike any key when ready| (Tayyor 
bo‘lganingizda istalgan tugmachani bosing) yoki Strike any key to continue (Davom ettirish 
uchun istalgan tugmachani bosing) xabari paydo bo‘lsa, ishni davom ettirish uchun istalgan harf 
yoki raqam tugmachasini, probel yoki Enterni bosish kerak bo‘ladi. 
 
FAYLLAR BILAN ISHLASH 
Shuni taa’kidlash joizki, buyruqlar o‘zining nomi va ehtimol bo‘sh joylar bilan ajratilgan
parametrlaridan iborat bo‘ladi. Buyruqning nomi va parametrlari bosh harflarda bo‘lganidek,
kichik lotincha harflar bilan ham terilishi mumkin. Biz qavslarda buyruqlarning majburiy 
bo‘lmagan unsurlarini ham ko‘rsatib boramiz. 
Matnli fayllarni yaratish

 Matnli faylni yaratish uchun matn fayllari bilan ishlay oladigan, masalan, kompyuterga 
qo‘shib ishlangan Norton Commander yoki leksikon (quyiga qaralsin) kabi istalgan muharrirdan 
foydalanish mumkin. 
Uncha katta bo‘lmagan matn fayllarini bevosita klaviaturadan terish mumkin. Buning uchun 
copycon faylining buyrug‘ini hamda qatorlarini navbatma-navbat kiritish lozim. Har bir qator 
oxirida Enter tugmachasini, so‘nggi qator kiritilgandan so‘ng esa F6 tugmachasini keyin esa
Enter tugmachasini bosish lozim bo‘ladi. Copy buyrug‘i 1 file(s) copid. (Bitta fayldan nusxa olib 
bo‘lindi) xabarni chiqaradi va diskda ko‘rsatilgan fayl nomi paydo bo‘ladi. 
Fayllarni o‘chirish.
Fayllarni olib tashlash uchun del buyrug‘i mavjud. Buyruqning formati quyidagicha: 
Del [diskovod:] [yo‘l\] faylning nomi 
Faylning nomida * va ? simvollarini qo‘llash mumkin. 
Misollar: 
Del *.bak - joriy katalogdan kengaytmasi bak bo‘lgan hamma fayllarni o‘chiradi; 


Opratsion tizimlari 
24 
Del paper.doc - joriy katalogdan paper.doc faylini o‘chiradi. 
Agar siz katalogdan hamma fayllarni, masalan, del *
.
* buyrug‘i yordamida olib tashlashni 
xohlamasangiz, unda DOS sizdan Are you Sure (Y|N) ? (Siz bunga aminmisiz?) deb so‘raydi. 
Fayllarni olib tashlash uchun Y va Enter tugmachalarini bosish, buyruqni bekor qilish uchun 
esa N va Enter tugmachalarini bosish kerak. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin