Hisobchilik (buxgalterlik) tizimlari. Bu o‘zida matn va jadval muharrirlarini, elektron
jadval bazalarini boshqarish tizimlarining vazifalarini birlashtirgan ixtisoslashgan tizimdir. U
korxonaning birlamchi (boshlang‘ich) buxgalteriya hujjatlarini tayyorlash va ularni hisobga
olishni avtomatlashtirish, shuningdek, ishlab chiqarish, xo‘jalik, moliyaviy faoliyat yakunlari
bo‘yicha soliq idoralari byudjetidan tashqari jamg‘armalar va statistika hisobi idoralariga taqdim
etish uchun belgilangan shakllardagi muntazam hisobotlarni avtomatik tarzda tayyorlash uchun
mo‘ljallangan. Garchi nazariy jihatdan olganda buxgalteriya tizimiga xos bo‘lgan hamma ishlar-
ni yuqorida sanab o‘tilgan boshqa dasturiy vositalar bilan ham bajarish mumkinligiga qaramay,
turli xil vositalarning bir tizimga integrallashganligi tufayli buxgalteriya tizimlardan foydalanish
qulayroqdir.
Korxonada buxgalteriya hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy qilish masalasi hal qi-
linayotgan paytda unga me’yoriy hiquqiy baza o‘zgarganda bunga moslashish vositalari mavjud
bo‘lishi zarurligini hisobga olish kerak. Rossiyada me’yoriy-hiquqiy baza haddan tashqari no-
mo‘tadilligi bilan ajralib turishi va tez-tez o‘zgarishlar bo‘lishi munosabati bilan, garchi bu tiz-
imdan foydalanuvchilardan yuqori malaka talab qilsa ham, tizimni moslanuvchan tarzda qayta
sozlay olish imkoniyati majburiy vazifa hisoblanadi. Ya’ni buxgalteriya tizimida uni qayta so-
zlash imkoni ko‘zda tutilishi shart.
Moliyaviy tahliliy tizimlar. Bu toifa dasturlari bank va birja tuzilmalarida ishlatiladi. Ular
moliya, tovar va xom-ashyo bozorlaridagi vaziyatni nazorat qilish, ro‘y berayotgan hodisalarni
tahlil qilish, ma’lumotlar va hisobotlar tayyorlash vazifasini bajaradi.
Geoaxborot tizimlari (GAT) kartografiya va geodeziya ishlarini tipografik hamda aero-
kosmik usullardan olingan axborot asosida avtomatlashtirishga mo‘ljallangan.