Operatsion tizimlar «Informatika va Axborot texnologiyalari»


Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/61
tarix01.06.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#60316
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Hhjg

Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi. Ma’lumotlar bazasi deb jadval tuzilmalarga
tushirilgan ma’lumotlarning katta to‘plamlariga aytiladi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tiz-
imining asosiy vazifalari quyidagilar: 
• ma’lumotlar bazasini bo‘sh (to‘latilmagan) tuzilmasini yaratish; 


Opratsion tizimlari 

• uni to‘ldirish vositalarini yoki boshqa bazaning jadvallaridan ma’lumotlar importini taqdim et-
ish; 
• ma’lumotlarga yo‘llash, ulardan foydalanishni osonlashtirish imkonini ta’minlash, shuningdek, 
izlash va filtrlash (saralash, tozalash) vositalarini taqdim etish. 
Ma’lumotlar bazalarini boshqarishning ko‘pgina tizimlari ma’lumotlarni tahlil qilish va ular-
ga ishlov berish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Natijada, ma’lumotlar asosida 
ma’lumot bazalarining yangi jadvallarini yaratish mumkin. Tarmoq texnologiyalarining yoyilishi 
munosabati bilan ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlaridan butun jahon kompyuter tar-
mog‘ining serverlarida joylashgan uzoqlashtirilgan va taqsimlangan resurslar bilan ishlash im-
koniyatiga ega bo‘lish ham talab qilinadi. 
Elektron jadvallar. Elektron jadvallar turli tipdagi ma’lumotlarni saqlash va ularga ishlov 
berish uchun mo‘ljallangan kompleks vositalardan iborat. Ular ma’lumotlar bazasini boshqarish 
tizimlari bilan qaysidir darajada o‘xshash, ammo bunda asosiy urg‘u ma’lumotlarning massivla-
rini saqlash va ularga qo‘llashni ta’minlashga emas, balki ma’lumotlarni ichki mazmuniga mu-
vofiq ravishda qayta tashkil qilish, o‘zgarish tomonga ko‘chgan. 
Odatda, 
ma’lumotlarning 
keng 
spektorini 
(raqamli 
va 
matnlaridan 
to 
mul’timediyaviylargacha) o‘zlarida mujassam etgan ma’lumotlar bazalaridan farqli o‘laroq, el-
ektron jadvallar uchun raqamli ma’lumotlarda diqqatni jalb qilish yahshiroq. Shu bilan birga el-
ektron jadvallar raqamli tipdagi ma’lumotlar bilan ishlash uchun ancha keng imkoniyatlarni 
taqdim etadi. 
Elektron jadvallarning asosiy xususiyati shundaki, jadvalning istalgan yacheykalarining
qiymatida o‘zgarish ro‘y berganida, o‘zgarilgan nisbatlar bilan bog‘liq bo‘lgan, matematik yoki 
mantiqiy ifodalar (formulalar) bilan berilgan boshqa hamma yacheykalar qiymatining avtomatik 
tarzda o‘zgarishi sodir bo‘ladi. Elektron jadvallar bilan ishlashning sodda va qulayligi buxgalter-
iya sohasida, moliya, xom ashyo va tovar bozorlarini tahlil qilishning universal natijalariga, ish-
lov berishning qulay vositalari sifatida, ya’ni raqamli ma’lumotlarning yetarli darajada katta 
hajmlarida doimiy takrorlanib turadigan hisob-kitoblari zarur bo‘lgan hamma joylarda keng 
qo‘llanishiga sabab bo‘ldi. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin