Operatsion tizimlar «Informatika va Axborot texnologiyalari»


Amaliy dasturiy vositalarning tasnifi



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/61
tarix01.06.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#60316
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Hhjg

 
Amaliy dasturiy vositalarning tasnifi 
Matn muharrirlari. Amaliy dasturlarning bu toifasining asosiy vazifasi matnga 
ma’lumotlarni kiritish va tahrir qilishdan iboratdir. Ushbu dasturlarning qo‘shimcha vazifalari ki-
ritish va tahrir qilishni avtomatlashtirishdan iboratdir. Ma’lumotlarni kiritish, chiqarish va 
saqlash amallari uchun matn muharrirlari tizimli dasturiy ta’minotni ishga tushiradi (chaqiradi) 
va undan foydalanadi, lekin bu amaliy dasturlarning hammasi uchun xos va bundan keyin ham 
bu faktni maxsus ravishda ko‘rsatib o‘tirmaymiz. 
Odatda, dasturiy ta’minot bilan tanishishni amaliy dasturlarning ish toifasidan boshlanadi va 
kompyuter tizimi bilan o‘zaro aloqaning birinchi amaliy ko‘nikmalarini hosil qilinadi. 
Matn protsessorlari. Matn protsessorlarining matn muharrirlaridan asosiy farqi shundaki
ular matnni kiritish va tahrir qilishgagina emas, balki uni formatlash, ya’ni shakllantirishga im-
kon yaratadi. Shunga muvofiq ravishda matn protsessorlarining asosiy vositalariga yakuniy hu-
jjatni tashkil etuvchi matn, grafika, jadval va boshqa ob’ektlarni formatlash jarayonini avtomat-
lashtirish kiradi. Hujjatlar bilan ishlashning zamonaviy usuli ikkita muqobil yondashuvni ko‘zda 
tutadi. Bular: qog‘oz va elektron hujjatlar bilan (qog‘ozsiz texnologiya bo‘yicha) ishlash. 
Shuning uchun hujjatlarni matn protsessorlari vositalari bilan shakllantirish haqida gapirganda 
tamoyil jihatdan bir-biridan farqlanuvchi ikkita yo‘nalish – chop etish uchun m o‘ljallangan hu-
jjatlarni formatlash va ekranda aks ettirish uchun mo‘ljallangan elektron hujjatlarni formatlashni 
nazarda tutish kerak. Bu hollarda ishlaydigan usul va uslublar sezilarli ravishda bir-biridan 
farqlanadi. Garchi ularning ko‘pchiligi har ikki yondashuvni o‘zida birlashtirsa ham, shunga mos 
ravishda matn protsessorlari ham farqlanadi. 
Grafik muharrirlari. Bu grafik tasvirlarni yaratish va ishlov berish uchun mo‘ljallangan 
dasturlarning juda keng toifasidir (sinfi). Ushbu toifaga rastr muharrirlari, vektor muharrirlari va 
uch o‘lchamli grafikani (3D-muharrirlari) yaratish va ularga ishlov berish uchun ishlatiladigan 
dasturiy vositalar kiradi. 
Rastr muharrirlari grafik ob’ektlar yoruqlik hamda rang xususiyatlariga ega bo‘lgan rastrni 
tashkil etuvchi ya’ni nuqtalar kombinatsiyalari shaklida qo‘llanadi. Bunday yondashuv grafik 
tasvir ko‘plab yarim tonlarga ega bo‘lganida va ob’ektni tashkil qiluvchi elementlar (unsurlar) 
haqidagi axborot, ularning shakli to‘g‘risidagi xabarlarga qaraganda muhimroq bo‘lgan hollarda 
samarali bo‘ladi. Bu fotografik va matbaa tasvirlari, ularning retushi (chiziqlari va aksini 
to‘g‘rilash) uchun fotoeffektlar va badiiy kompozitsiyalar (kallajlar) yaratish uchun qulay. 


Opratsion tizimlari 

Rastr muharrirlari bilan yangi tasvirlar yaratish imkoniyatlari cheklangan va har doim ham 
qulay emas. Ko‘pchilik hollarda rassomlar an’anaviy usullardan foydalanuvchilar, undan rasmni 
kompyuterga maxsus apparat vosita (skaner)lari yordamida kiritib, ishni rastr muharriri
yordamida maxsus effektlar kiritish yo‘li bilan tugallashni afzal ko‘radilar. 
Vektor muharrirlari rastr muharrirlaridan tasvir haqidagi ma’lumotlarni taqdim qilish usuli 
bilan ajralib turadi. Vektor tasvirining elementar ob’ekti nuqta emas chiziqdir. Bunday yon-
dashuv chiziqlar shakli, uni tashkil etuvchi ayrim nuqtalarning rangi haqidagi axborotga qara-
ganda ko‘proq ahamiyatga ega bo‘lgan chizmalar va grafiklar bilan ishlash uchun xos. Vektor 
muharrirlaridagi har bir chiziqqa uchinchi tartibdagi matematik qiyshiq chiziq sifatida qaraladi 
va shunga muvofiq u nuqtalarning kombinatsiyasi emas, balki matematik formula sifatida taqdim 
etiladi (kompyuterda bu formulaning raqamli koeffitsienti saqlanadi). Bunday ifodalash rastr 
shaklidagiga qaraganda ixcham bo‘lgani bois kamroq joyni egallaydi, ammo istalgan ob’ektning 
qurilishi ekranda nuqtalarning oddiygina aks ettirilishi bilan bajarilmaydi, balki qiyshiq 
chiziqning parametrlarini ekran yoki bosma tasvirining koordinatalariga bog‘lab qayta hisoblash 
kuzatiladi. Shuning uchun vektor grafikasi bilan ishlash unumdorligi yuqori darajadagi 
hisoblashlarni talab qiladi. 
Elementar ob’ekt (chiziq)lardan eng sodda geometrik ob’ektlar (primitiv-jo‘n ob’ektlar) 
yaratiladi. O‘z navbatida ulardan tugal kompozitsiyalar tuziladi. Vektor grafikasi vositalari bilan 
bajarilgan badiiy bezak (illyustratsiya) bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq harakatda bo‘lgan o‘n 
minglab eng sodda ob’ektlardan iborat bo‘lishi mumkin. 
Vektor muharrirlari tasvirlarni yaratish uchun qulaydir, lekin tayyor rasmlarga ishlov berish 
uchun amalda ulardan foydalanilmaydi. Ulardan reklama sifatida keng qo‘llaniladi, ularni mat-
baa nashrlarining muqovalarini bezashda va badiiy ishlov berishda, chizmachilikka yaqin 
bo‘lgan hamma joyda qo‘llash mumkin. 
Uch o‘lchamli grafika muharrirlari uch o‘lchamli kompozisiyalarni tuzish uchun ishlatadi. 
Ular ikkita o‘ziga xos xususiyatga ega. Birinchidan, ular aks ettirilayotgan ob’ektlar yuzasi 
shakllarini yoritish manbalarining xususiyatlari bilan o‘zaro harakat aloqasini sharoitga mos-
lashtirib boshqarish keng imkon beradi, ikkinchidan uch o‘lchovli animatsiya yaratish imkonini 
beradi. Shuning uchun uch o‘lchovli grafika muharrirlarini ko‘pincha 3D-animatorlar ham deb 
ataladi. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin