OPTIKA
5 - laboratoriya ishi
SHISHANING SINDIRISH KO’RSATKICHINI ANIQLASH
[15. 328-330, 16.227-228, 20. 395-396]
Ishning maqsadi: Yorug’likning sinish qonunini o’rganish,
mikroskop yordamida shishaning sindirish ko’rsatkichini aniqlash.
ISH HAQIDA NAZARIY TUSHUNCHA
Bu tajribada ham yorug’likning sinish qonuni o’rganiladi.
Batafsilroq ma’lumotlarni 1-ishning tavfsifidan olish mumkin.
Yorug’lik shaffof muxit orasidagi chegarani kesib o’tganda tushuvchi
nur 2 ta nurga: qaytgan va singan nurlarga ajraladi.
Bu nurlarning
yo’nalishi yorug’likning qaytish va sinish qonunlari bo’yicha
aniqlanadi. Agar
- tushish burchagi va
- sinish burchagi
bo’lsa, sinish qonuni 1-ishdagi (1.2) formula bilan aniqlanadi. Yorug’lik
sinish qonuniga
kirgan doimiy kattalik n
21
nisbiy sindirish ko’rsatkichi
yoki ikkinchi muxitning birinchi muxitga nisbatan sindirish ko’rsatgichi
deb ataladi. Muxitning vakuumga nisbatan sindirish ko’rsatgichi shu
muxitning absolyut sindirish ko’rsatkichi deyiladi. Agar birinchi muxit
havo yoki vakuumdan iborat bo’lsa, ikkinchi muhitning bo’shliqqa
nisbatan sindirish ko’rsatkichi muxitning absolyut sindirish ko’rsatkichi
deyiladi. Ikkinchi muxitning absolyut sindirish ko’rsatkichi quyidagicha
yoziladi:
21
1
2
1
n
n
n
v
c
Sin
Sin
(5.1)
bu yerda, c - yorug’likning bo’shliqdagi tezligi (c=3·10
8
m/s),
v
2
-yorug’likning ikkikchi muxitdagi tezligi. Moddaning absolyut
sindirish ko’rsatkichi doimo birdan katta, demak yorug’likning berilgan
muxitdagi tezligi bo’shliqdagi tezligidan kichik bo’ladi (c>
v).
Shishaning sindirish ko’rsatkichini mikroskop yordamida aniqlash
uchun tomonlarini maxsus tirnab belgi hosil
qilingan yassi parallel
shisha plastinkalardan foydalaniladi. Shisha plastinkaga mikroskop
orqali qaralganda plastinkaning yuqori bir tomonidan uzunligi bo’yicha,
ikkinchisi esa eni bo’yicha tirnaladi. Odatda, bu belgilarni turli ranglar
bilan hosil qilinsa ham bo’ladi. Chizilgan joyning chuqurligi hisobga
olinmaganda ularning bir-biridan uzoqligi plastinka
qalinligi H ga teng
bo’ladi. Shisha plastinkani mikroskop stolchasiga qo’yib, manbadan
yuborilgan yorug’lik dastasini ko’zgu orqali o’nga yo’naltirsak, u havo-
shisha-havo muhitlar sistemasidan o’tib, mikroskop ob’ektiviga tushadi
(13-rasm).
13-rasm. Yorug’likning yupqa plastinkadagi yo’li
Buyum vazifasini o’tovchi belgi - O va O
1
plastinka
sirtida
bo’lganidan, sindirish ko’rsatkichini
(5.2)
formuladan hisoblab topish mumkin, bunda shisha plastinkaning
ko’rinma qalinligi H
1
=H-h bo’ladi.
Bu bog’lanishga ko’ra shishaning sindirish ko’rsatkichini shisha
plastinkaning haqiqiy qalinligi N va uning mikroskop orqali ko’rinma
qalinligi N
1
ni tajribada o’lchash yo’li bilan aniqlash mumkin.
Plastinkaning ko’rinma qalinligi N
1
uning pastki va ustki sirtlaridagi O
va O
1
belgilarining aniq ko’rinishdagi mikroskop
tubusi vaziyatlarini
ko’rsatuvchi ayirmasiga teng. Bu ayirmani topishda tajriba natijalarining
aniq chiqishi uchun mikrovintdan foydalanish o’rinli. Buning uchun
mikroskop tubusi soat strelkasi yo’nalishida burilib,
nol holatiga
keltiriladi. So’ngra mikroskop tubusini katta qadamli vint bilan siljita
borib, plastinkaning ustki sirti chiziq ko’rinaditan holatga keltiriladi.
Qolgan aniqlikka 2-mikrovint yordamida erishiladi. Aniq tasvir hosil
bo’lishi bilan mikrovintning shu holatdagi ko’rsatishi
yozib olinadi,
so’ngra mikroskopning tubusi pastga qarab harakatlantiriladi va
plastinkaning pastki sirtida chiziqning aniq ko’rinishiga erishiladi.
Bunda vintning to’la aylanishlar soni m va shu holga tegishli
ko’rsatishini bilgan holda plastinkaning ko’rinma qalinligi aniqlanadi:
(5-3)
bunda: berilgan mikroskop uchun N-vint diskidagi umumiy bo’limlar
soni, Z=0,02 mm bo’lim qiymati, m-mikrovint diskining to’la
aylanishlari soni,
k