Ifodali o’qish turlari quyidagilar:
1. Yakka o’qish.
2. Rollarga bo’lib o’qish.
3. Jo’r bo’lib o’qish.
1. Yakka o’qishning yuqori bosqichi baralla o’qishdir.
Boshni fido ayla ato qoshig’a,
Jismni qil sadqa ano boshig’a....
Kin-tuningga aylagali nur fosh,
Birsin oy angla, birisin quyosh.
(A. Navoiydan)
2. Rollarga bo’lib o’qish.
“Qish” X. Eshonqulov.
1-o’quvchi: Hovlida zag’cha,
Qanot qoqadi.
2-o’quvchi: Oppoq kiyimda,
O’rmonu tog’, yer.
Hamma o’quvchi: Dag’, dag’, dag’....
Rollarga bo’lib o’qish uchun “Bo’g’irsoq” ertagini ham o’qisak
bo’ladi.
3. Jo’r bo’lib o’qishning ahamiyati katta. Bunda o’quvchilar bir xil sur’at va ohang bilan o’qishni o’rganadilar.
O’qish mashg’ulotlarini o’tkazish jarayonida o’quvchilar nutq faoliyatining asosiy ko’rinishi bo’lgan ko’nikmalari, matn va kitob ustida ishlash, o’quvchilarning bog’lanishli nutqini o’stirish, nutq madaniyatini rivojlantirish nazarda tutiladi.
1-sinfda o’quvchilar matnni ongli, to’g’ri va bo’g’inlab sidirg’a o’qishni o’rganadilar o’qish darslaridagina emas, balki barcha predmetlar yuzasidan o’tkaziladigan darslarda hamda darsdan va maktabdan tashqari uyushtiriladigan mashg’ulotlar jarayonida ham tuzatib borishga alohida ahamiyat berishi zarur. Bolalar o’qilgan asarlar yuzasidan berilgan savollarga javob berishga o’rganadilar. Matn ustida ishlash o’qituvchi rahbarligida olib boriladi.
2-sinfda o’quvchilarga so’zlarni butunligicha sidirg’asiga o’qish malakasi shakllanadi. O’qishning to’g’ri ifodali bo’lishiga erishiladi. O’qish sur’ati tezlashadi. Bu sinfda o’quvchilar matnning ayrim qismlarini, qisqa hikoyalarni ichida mustaqil o’qishga o’tadilar. Matn ustida ishlash murakkablashib boradi. Bolalar o’qituvchi rahbarligida asarning asosiy mazmunini aniqlaydilar, qahramonlarning hatti xarakatini ifodalovchi so’z va iboralarni topishga, voqea-hodisalarni so’z bilan tasvirlashga o’rganadilar. Ularda so’z boyliqga talab ortadi.
3-sinfda so’zlarni butunicha sidirg’a o’qish ko’nikmasi to’la shakllanadi. So’zlarni to’g’ri tanlashga, gap qurilishidagi so’zlarning bir-biriga bog’lanishidan to’g’ri foydalanishga talab etiladi.
4-sinfda o’quvchilar so’zlarni bo’g’inlamay sidirg’a o’qishlari, matnni tez, to’g’ri, ongli o’qiy olishlari kerak. Bu sinfda o’quvchilarni bo’g’inlab o’qishga yo’l qo’ymaslik kerak .
Bolalar o’qilgan matn mazmunini mustaqil ravishda qayta hikoya qilishlari, matn yuzasidan sodda reja tuza olishlari, uning asosiy mazmunini ajrata olishlari, o’qilgan matnni to’la, qisqartirib tanlab qayta hikoya qilishlari zarur.
Ifodali o’qish va o’zaro nutqiy faoliyat jarayonida bolalarning adabiy talaffuz me’yorlari shakllanadi. O’quvchilar nutqining faollashuvi nutqning grammatik shakllarini to’g’ri qo’llash va to’g’ri talaffuz etish bolalar nutqining ravon ifodali bo’lishiga yordam beradi. Ifodali o’qishga o’rgatishda:
a) nafasdan to’g’ri foydalana olish;
b) adabiy til talaffuz normalarini yaxshi bilish;
d) so’z bo’g’in va tovushni to’g’ri aniq talaffuz etish.
O’qish vaqtida badiiy asar namunasida ifoda etilgan his tuyg’uni, yozuvchi yoki qahramonning ichki kechinmalarini asarning mazmunini yecha olishga erishish. O’qishdagi normal tezlik o’qilganning ma’nosini to’liq anglab olishga yordam beradi. Normal tezlikda o’qish orqali bola gapdagi asosiy mazmunni anglaydi. Aksincha, ortiq darajada o’qish orqali mazmunini tushunishga to’sqinlik qiladi. O’qish tezligini rivojlantiruvchi asosiy shartlardan biri to’g’ri o’qishdir. O’qish tezligini oshirish uchun bola ravon o’qiydigan bo’lishi kerak. 1-sinfda o’quvchilar o’qish tezligi davlat talablariga nisbatan 25-30 so’zdan iborat bo’lishi kerak. 2-sinfda esa 40-50 so’z, 3-sinfda 60-70, 4-sinfda 80-90 so’zdan iborat bo’lishi kerak. O’qish tezligi o’qilayotganning ma’nosini tushunish va qabul qilishga bog’liq. Juda sekin o’qish ham ongli bo’lishga halaqit beradi. O’qituvchining o’qish tezligi yuzasidan ko’rsatilgan namunasi uning normal holatda so’zlashish tempiga teng kelishi kerak. O’quvchilarni ham shunday o’qishga o’rgatish lozim. O’qish tezligini normallashtirishda quyidagi usullardan foydalanish lozim.
1. Normal tezlikda o’qish namunasini ko’rsatish.
2. Ichida o’qish yuzaki bo’lmasligi uchun topshiriqlar berish yo’li bilan tekshirish.
Ovoz chiqarib o’qishda o’qilganning mazmuni yuzasidan savollarga javob olish. Bunda ba’zi o’quvchilarning tekst mazmuniga qaramay tez o’qishlariga chek qo’yiladi.
Ular o’qiganning mazmunini aytib berishga to’g’ri kelishini o’ylab o’qiydigan bo’ladilar.
Dialogdan o’qitish. Bunda bir o’quvchi savolni o’qisa ikkinchi javobni o’qiydi.
She’r yodlash. Bolalar she’rni o’rta tezlikda o’qishlari kerak. Aks holda ularning o’qishlari ifodali bo’lmay qoladi.
O’qish tezligi muhit hisobiga o’lchanganda so’z yoki harf sanaladi.
Matn qismlarini navbat bilan o’qitish. Bunda o’qish tezligi past bolalar tez o’qiydiganlarga tenglashgisi keladi. Yoki aksincha.
Boshlang’ich sinfni tugatdan o’quvchilar o’qish ko’nikmalari quyidagicha bo’lsa davlat talabiga hos bilimga ega bo’ladilar.
Adabiy talaffuz qoidalariga rioya qilgan holda ongli to’g’ri ongli va o’rtacha tezlikda (ovoz chiqarib) bir daqiqada 90-100, ifodali va ichdan 110-130 so’z o’qisalar.
Sinfda o’tilgan asar yoki asardan parchani mustaqil tarzda ifodali o’qish, o’sha asar yoki parcha qanday mavzuga bag’ishlanganini aniqlash, unda ishtirok etuvchi qahramonlarga munosabat bildirish. Qahramonlarning fe’l atvori, xatti harakatlariga qarab ovoz ohangini o’zgartirish, matndagi urg’u tushadigan so’zlarni aniqlash, pauza qilinadigan o’rinlarni ajratish.
“Ta’lim to’g’risida” gi Qonun, ‘Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” da ta’lim berishning yangi usullarni izlab topish va uni tadbiq qilish borasida ko’p aytilgan. Shu nuqtai nazardan boshlang’ich sinflarda ham dars o’tish jarayonini takomillashtirish uchun izlanishlar olib bormoqdamiz. Shu bois o’qish darsida ayrim mavzular quyidagi usulda bayon qilinsa, bu mavzu materiallari o’quvchilar tomonidan osonlikcha o’zlashtirib olinadi.
Dostları ilə paylaş: |