6- NAZORAT ISHI Mavzu: Egalik qo'shimchalari.
Nazorat shakli: Diktant.
Javdar non Risolat buvimlar Xumson qishlog'ida yashaydilar. Qishki ta’til kunlari onam bilan buvimlarnikiga bordik.
Xumson juda chiroyli qishloq. Bir tomoni baland tog‘, bir tomonida Ugom daryosi shovillab oqadi. Atrof oppoq qor bilan qoplangan.
Buvimlar bizni sevinib kutib oldilar. Yaxshi kelibsizlar, hozir non yopyapman, xamir oshib turibdi, ^- dedilar.
Men o‘rtoqlarim bilan tepalikdan sirpanchiq uchishga shoshildim. Chanamiz ham «qo‘lbola». Uni Rahmonbobom yasab berganlar. Unga bir necha bola o‘tirsa ham bo‘ladi. Biz maza qilib chanada uchdik, qorbo'ron o'ynadik.
— Dilshodjon, kelaqol bolam, non pishdi. Choy ichib olgin, — dedilar buvijonim pastkina devordan qarab. Qornim juda och edi. Yugurib uyga kirdim. Issiqqina sandalga o‘tirdim. Katta patnis ustida jiyda, yong'oq, bargak, hatto tut mayizi ham bor. Buvim bir savat non ko'tarib kirdilar. Xona yoqimli non isiga to‘ldi.
7- NAZORAT ISHI Mavzu: Otlarning kelishik qo'shimchalari bilan qo'llanishi.
Nazorat shakli: Bayon.
Maktab Temurbek ziyrak, hamma narsani bilishga intiluvchan bo'lib o'sdi. U to‘rt yoshga to'ldi. Otasi Tarag'ay Bahodir uni maktabga berdi.
Domla Temurbekka yaxshi o'qisa, bilimli bo'lishini aytdi. Sho'xlik qilib, kam hafsala bo'lsa, o'zidan ko'rishlni tayinladi. Temurbek to'rt yil yaxshi o'qidi. Xat-savodini chiqardi. Husnixat mashq qildi,
So'ngra Temurbek Shahrisabzdagi madrasaga bordi. U yerd.i diniy va dunyoviy ilmlarni o'rgandl. Ayniqsa, mantiq, tarix, adabiyot va riyoziyotga qiziqdi. Ularni puxta egalladi.
Yozgi ta’til paytida esa xanjar va chavgon o‘yinlarini o‘rgandi. (76 so‘z)
Reja: Temurbek maktabga bordi.
Domlaning nasihati.
Temurbek madrasada.
Yozgi ta’til.
Tayanch so‘zlar: otasi Tarag‘ay Bahodir, xat-savod, husnixat, kam hafsala, diniy, puxta egalladi.