30
3.
Grammatik xususiyatlar
2. Rasmiy uslub.
Rasmiy (ish yuritish) uslubga hisob-statik organlar, sud, adliya, fuqarolik
holatlarini qayd etuvchi va notarial idoralar, prokuratura, ichki ishlar va boshqa
vazirliklarning, idora, muassasa,
tashkilotlarning, ayrim shaxslarning rasmiy
hujjatlari nota, qaror, farmon, ko`rsatma, qo`llanma, konstitutsiya, hukm, ajrim,
shartnoma, tavsiya, izohnomalar va ariza, shikoyat, axborot, majlis bayoni,
tilxat,
tarjimai hol, ishonchnoma, guvohnoma, e’lon, dalolatnoma,
ma’lumotnoma, hisobot kabilarning til xususiyatlari kiradi.
Rasmiy ish yuritish uslubining asosiy xususiyatlari quyidagilardir:
1)
badiiy tasvir vositalar bo`lmaydi;
2)
uslub leksikasi kitobiy va xolis so`zlardan iborat bo`ladi: uslubda
professional terminologiya mavjud bo`ladi;
3)
eskirgan so`z va iboralar o`rni bilan ishlatiladi;
4)
quyidagi Grammatik xususiyatlar mavjud bo`ladi;
a)
tilga olinayotgan kishilar o`z
nomi bilan atalmasdan, buning o`rniga
ularning belgisi yoki biror harakati, bir narsaga munosabatini ifodalovchi
otlar ishlatiladi; ijrochi, guvoh, da’vogar, jabrlanuvchi, ijaraga oluvchi va
h.
b)
noaniqlikka yo`l qo`ymaslik maqsadida, odatda, otlar olmosh bilan
almashtirilmaydi;
c)
fe’lning ishlatilishi boshqa stillardagiga qaraganda, ayniqsa, farqlanib
turadi;
oldini olish, chora ko`rish, aybni ochish, ko`riladi, beriladi,
bo`shatilsin;
d)
bu uslubda uyushiq bo`lakli gaplar keng qo`llanilib, ayrim o`rinlarda
bo`laklar soni 8-10 taga yetishi mumkin;
e)
qo`shma gaplardan, xususan, shart ergash gapli qo`shma gaplardan keng
foydalaniladi;
f)
so`roq va undov gaplar deyarli qo`llanilmaydi, asosan, darak va buyruq
gaplar ishlatiladi.
5)
Hujjatlar matni birinchi shaxs yoki uchinchi shaxs tilidan yoziladi. Yakka
rahbar nomidan yoziladigan farmoyish hujjatlari birinchi shaxs tilidan
bo`ladi.
Shuningdek, ayrim shaxs tomonidan yozilgan hujjatlar (ariza,
tushuntirish xati) ham birinchi shaxs, birlik sonida shakllantiriladi.
Boshqa hujjatlar esa yo birinchi shaxs ko`plik sonda, yoki uchinchi shaxs
birlik sonda rasmiylashtiriladi.
6)
Hujjatlar matnida turg`unlashgan, qoliplashgan so`z birikmalaridan
ko`proq foydalaniladi.
31
7)
Hujjatning axborot tizimi aniq, mukammal, fikr mantiqan teran bo`lishi
shart.
8)
Hujjat matnida abzatslar tizimiga qat’iy rioya etiladi.
9)
Hujjatda imlo, ishoraviy xatoga yo`l qo`yilmaydi.
Dostları ilə paylaş: