3. Ilmiy uslub. Ilmiy uslub fan, texnika va ishlab chiqarish bilan bog`liq vazifaviy uslubdir.
U o`z ichida yana ilmiy texnikaviy, ilmiy-hujjat, ilmiy-ommabop, o`quv-ilmiy
kabi bir necha sof ilmiy turlarga bo`linadi.
Ilmiy uslubning hozirgi zamon taraqqiyoti bilan bog`liq ravishda quyidagi
umumiy xususiyatlari bor:
1)
axborotning ob’yektivligi, aniqligi;
2)
nutqning ma’lumotlarga boyligi;
3)
fikrning lo`nda, qisqa ifodalanishi;
4)
muallif individualligining sezilmasligi;
5)
emotsionallik, obrazlilikning bo`lmasligi;
6)
atama, chizma, ramz va jadvallarning bo`lishi;
7)
matnning siqiq sintaktik qurilmalardan tuzilishi;
8)
adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilinishi;
9)
fikrlarning mantiqiyligi va qat’iy tartibda bo`lishi;
10)
ellipsis hodisasining bo`lmasligi (nazarda tutilgan birorta so`zning
tushib qolishi);
11)
turli xil tushunchalarni ifodalovchi otlarning ko`p ishlatilishi;
12)
otlarni, asosan, birlikda ishlatish;
13)
matnda fe’lning majhul nisbatidan foydalanish;
14)
maxsus bog`lash uchun xizmat qiladigan so`z, so`z birikmalarining
qo`llanishi.
4. Publitsistik uslub. Publitsistika keng ma’noda ijtimoiy-siyosiy hayot masalalarini yoritadigan
barcha turdagi asarlarni o`z ichiga oladi. Bu uslub ham o`zining yozma va
og`zaki ko`rinishlariga ega. Hayotning muhim ijtimoiy-siyosiy masalalariga
bag`ishlangan bosh maqolalar, felyeton, murojaatnomalar, chaqiriqlar,
deklaratsiyalar uslubning yozma turidagi asarlaridir.
Publitsistik uslubning yozma va og`zaki ko`rinishlari o`ziga xos
xususiyatlariga ega bo`lsada, ular publitsistik uslubning umumiy talablariga
bo`ysunadi. Chunonchi, bu uslubning ikkala turida ham siyosiy faollik,
hozirjavoblik, o`tkir va ta’sirchan notiqlik, mantiqiy salobat, tashviqot va
targ`ibot kabi xususiyatlar mavjud bo`ladi.