34
c)
Harakat yoki uning natijasi shu harakatni bajarishdagi vosita, qurol bilan
almashtiriladi: A.Qahhor – qalami o`tkir yozuvchi, uning qo`li yengil.
d)
Biror narsa u yasalgan material bilan almashtiriladi: Atlas kiydi,
qog`ozini tekshirishdi va h.
e)
Ma’lum
mamlakatda, davlatda yoki ma’lum o`rinda yashab turgan
kishilar ma’nosi
shu yerga, davlat yoki mamlakatga ko`chiriladi:
Majlisga butun qishloq yig`ildi va h.
f)
Aniq tushuncha nomi o`rnida mavhum ma’noli ot qo`llaniladi: Majlis
raisga qaradi: yig`ilish qaror qildi va h.
5.
C i n e k d o x a
– narsalarning son yoki
butun qismlari orasidagi
munosabatning nazarda tutilishi.
Sinekdoxaning quyidagi ko`rinishlari mavjud:
a)
butun o`rnida qism qo`llanadi.
Mo`ylov kulib qo`ydi.
Uning, har qalay, yopig`I bor.
b)
Qism o`rnida butun qo`llanadi:
Besh qo`l baravar emas. Dasturxonga qarang.
c)
Jins o`rnida tur ishlatiladi: pushka-qurol,
bedana-qush, sazanbaliq kabi.
6.
A l l e g o r i y a
(gr. Piching, kinoya) – mavhum tushunchalarni aniq
narsa bilan almashtirish. Ko`rpangga qarab oyoq uzat.
7.
S i m v o l –
hayotiy voqea, tushuncha va narsalar ifodasi uchun
shartli ravishda ko`chma ma’noda ishlatiladigan so`z: tong – yoshlik, tun –
baxtsizlik, qora – motam.
8.
Dostları ilə paylaş: