O‘qituvchi nutqi madaniyati



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/25
tarix19.09.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#145271
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
BHNPDB6vFll9yX7R

I r o n i y a 
(gr.kesatik) – biror shaxs yoki uning qilig`I, hodisa 
ustidan kulish: Kam bo`lmang! Qayt! Bopladingiz! 
9.
A n t i f r a z a – 
biror shaxs yoki narsaga xos bo`lgan u yoki bu 
xususiyat kulgili ohang bilan inkor qilinadi: shirin odam, nimjon ayol (semiz) 
kabi. 
10.
S a r k a z m –
(gr. Achchiq) shaxs, narsa yoki hodisaning salbiy 
tomonini ko`rsatish: farishta ayol, bejirim nusxa, yoqimli ish kabi. 
Uslubiy figuralar 
Tinglovchi yoki o`quvchiga umumiy hissiy ta’sir ko`rsatuvchi sintaktik 
qurilmalar uslubiy figuralar deyiladi. 
1. 
A n t i t e z a
(gr. Qarama-qarshi qo`yish) – qarama-qarshi 
tushunchalarni fikr, obraz, narsalarni, shaxslarni xarakterlarini qiyoslash yoki 
bir xil narsa-hodisalarning daraja jihatidan qarama-qarshi holatini tasvirlash. 
Ko`zlarda yosh, lablarda kulgu, yangicha aza, yangicha bazm kabi. 
2. 
G r a d a ts i ya
– (lot. Zinapoya) – narsa, belgi, xususiyat yoki 
harakatning biridan ikkinchisiga kuchliroq yoki kuchsozroq ma’no ottenkali 
sinonimik yoki bir xildagi so`zlar vositasida kuchaytirib yoki kamaytirib 


35 
boorish orqali tasvirlashdir. Yuvib tarab, sepib, o`pib, quchib, opichlab. Ey 
baxtlarni balog`atga yetkazgan ona. 
3. Ko`p bog`lovchilik va bog`lovchisizlik – nutqqa keskinlik, shoshilinch 
tus, tezlik xarakterini kiritish uchun notiq yoki yozuvchi gapda lozim bo`lgan 
bog`lovchilarni ataylab tushirib qoldiradi yoki sokinlik, ta’kidlash ma’nosini 
kiritish uchun bog`lovchilarni muayyan tartibda qo`llaydi: 
Mening xalqimni ro`yobga chiqargan, shod va baxtiyor qilgan, non va 
osh, kiyim va usti-bosh, e’tibor va obro` bergan narsa bu do`stlikdir. 
Nazorat savollari. 
1. Til vositalari deganda nimalarni tushunasiz? 
2. Tilning tasviriy vositalaridan foydalanishda qanday shartlarga rioya qilinadi? 
3. Trop nima? Uning qanday turlari bor? 
4. Uslubiy figuralarning qanday turlari bor? 
Tayanch iboralar: 
Tilning tasviriy vositalari, trop, epitet, o`xshatish, metafora, metonimiya, 
sinekdoxa, allegoriya, simvol, ironiya, antifraza, sarkazm, antiteza, gradatsiya, 
ko`p bog`lovchilik-bog`lovchisizlik. 
A d a b i y o t l a r : 
1. R.Qo`ng`urov va b. Nutq madaniyati va uslubiyoti asoslari. T., ―O`qituvchi‖, 
1992. 
2. E.A.Begmatov. O`zbek nutqi madaniyati ocherklari. T., ―FAN‖, 1988. 
3. G`.Abdurahmonov, S.Mamajonov. O`zbek tili va adabiyoti. T., O`zbekiston, 
1995. 
4. N.Mahmudov. O’qituvchi nutqi madaniyati. T.: Alisher Navoiy nomidagi 
O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2009. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin