O’qituvchi: Safarov Ulugbek



Yüklə 59,13 Kb.
səhifə3/8
tarix14.12.2023
ölçüsü59,13 Kb.
#179646
1   2   3   4   5   6   7   8
INFORMATIKA 2

Ogasta Ada Bayron
1843 yilda ingliz matematigi Ogasta Ada Bayron (Lavleys) — shoir lord Bayronning qizi analitik mashina buyruqlar asosida ishlashi lozimligini ta'kidladi. U berilgan shartlar bajarilmagunga qadar qadamlar ketma-ketligini ta'minlovchi buyruqlarni yozdi. Ana shu holat bilan u dasturlash tiliga asos soldi. Mazkur va boshqa kashfiyotlar kompyuter yaratilgach, ularni ishlatish uchun zarur bo'lgan til yaratilishini talab etdi

Quyi darajadagi dasturlash tillari


Quyi darajadagi dasturlash tillari kompyuter qurilmalari bilan bevosita bog'liq bo'lib, buyruqlar maxsus raqamlar (kodlar) yordamida yoziladi. Bu kabi buyruqlardan tashkil topgan dasturlar katta hajmli bo'lib, ularni tahrir qilish ancha mushkul ish hisob- lanadi. Dastlabki elektron hisoblash mashinalarida («ENIAK», «MESM» va boshqalar) masalalarni yechish uchun ana shunday buyruqlar yordamida dasturlar tuzilgan. Buning asosiy qiyinchiligi — bir tomondan buyruqlarning raqamlar yordamida ifodalanishi bo'lsa, ikkinchi tomondan dasturchidan har bir amalni bajarilishida jamlagichdagi sonli qiymatning qaysi o'zgaruvchiga tegishliligini va boshqa o'zgaruvchilarning qiymatlari qaysi adresda joylashganligini bilish talab etiladi

O’rta darajadagi dasturlash tillari


Dastur tuzishni osonlashtirish maqsadida inson tiliga yaqin bo'lgan buyruqlar tizimini tuzish va qo'llash masalasi qo'yildi hamda hal etildi. Bu kabi dasturlash tillari o'rta darajadagi dasturlash tillari (ba'zan assemblerlar) deb yuritila boshlandi. Bunday tillarga AVTOKOD-BEMSH, AVTOKOD-MADLEN va boshqalar kiradi. Ular BESM-6, Minsk-22, Minsk-32, IBM- 360 elektron hisoblash mashinalarida ishlatildi.

Yuqori darajali dasturlash tillari
Yuqori darajali dasturlash tillaridagi ko'rsatmalar inson tiliga yaqin bo'lgan so'zlar majmuidan iborat. Ular yordamida amallarni bajarish quyi darajadagilaridan ko'ra yengil bo'lib, biror maxsus ko'rsatma bo'lmasa, dasturchidan adreslar, qurilmalar bilan bevosita bog'liq axborotlarni bilish talab etilmaydi. Bu tilda tuzilgan dasturlarni translyatorlar deb nomlanuvchi maxsus dasturlar kompyuterlar bajara olishi uchun raqamli ko'rinishga o'tkazib beradi. Keyingi yillarda juda ko'p yuqori darajadagi dasturlash tillari yaratilgan bo'lib, ular qatoriga Paskal, dBase, Ada, KARAT, C++, Delphi, Visual Basic va boshqa tillarni qo'shish mumkin. Hozirgi kunda yaratilayotgan dasturlash tillari biror yo'nalishdagi masalalarni hal qilishga mo'ljallangandir. Quyidagi jadvalda dasturlash tili rivojlanishi tarixidan qisqacha ma'lumot berilgan. Shuni ham ta'kidlash kerakki, turli rusumdagi kompyuterlar uchun dasturlash tilining ularga moslashtirilgan naqllari ishlab chiqilgan bo'lib, ular bu tilning boshlang'ich naqlidan farq qilishi mumkin.

Yüklə 59,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin