O’qituvchi: Safarov Ulugbek


O’zgarmas, O’zgaruvchi va Massiv



Yüklə 59,13 Kb.
səhifə6/8
tarix14.12.2023
ölçüsü59,13 Kb.
#179646
1   2   3   4   5   6   7   8
INFORMATIKA 2

O’zgarmas, O’zgaruvchi va Massiv
Dasturlash tillarida asosan uch xil: o’zgarmas, o’zgaruvchi va massiv ko’rinishidagi miqdorlar qo’llaniladi. Ular belgili, satrli, mantiqiy va sonli turdagi qiymatlarni qabul qilishi mumkin. Belgili o’zgarmaslar ajratish belgisi ichiga olingan bitta belgi - harf, raqam yoki maxsus belgidan iborat Mantiqiy o’zgarmaslar faqat True (rost) yoki False (yolg’on) qiymatlardan birini qabul qiladi. Sonli o’zgarmaslar ikki turda — butun yoki haqiqiy bo’lishi mumkin. Haqiqiy sonlar o’z navbatida qo’zg’almas nuqtali va qo’zg’aluvchi nuqtali sonlarga bo’linadi. Qo’zg’almas nuqtali sonlar — o’nli kasr ko’rinishidagi sonlardir.
O’zgaruvchi miqdorlar
Dasturning bajarilish jarayonida qiymati o’zgaradigan miqdorlar o’zgaruvchi miqdorlar yoki qisqacha o’zgaruvchilar deyiladi. O’zgaruvchilar barchasida kamida 1 ta belgi, BASIC da 40 ta belgidan oshmaydigan, PASCAL da 63 ta belgidan oshmay- digan, DELPHI da (nom va keyingi yozuvlar sig’ishiga qarab) 1000 ta belgidan ortiq o’z nomiga ega bo’ladi. O’zgaruvchi nomi uchalasida lotin harfi yoki PASCAL va DELPHI da tagchiziq belgisidan boshlanadi. O’zgaruvchi nomida faqatgina raqamlar, lotin harflari va aytib o’tilgan holda, tagchiziq belgisi qo’llanilishi mumkin. Bu tillarda o’zgaruvchilarning nomida qo’llanilgan katta va kichik lotin harflari farqlanmaydi. Bunday yozish xizmatchi so’zlar uchun ham o’rinlidir.
PASCAL va DELPHI: o’zgaruvchilar dasturning tavsiflash qismida albatta tavsiflanishi, ya’ni ularning turi ko’rsatilgan bo’lishi lozim. Dasturda o’zgaruvchilarni tavsiflash Var xizmatchi so’zi bilan boshlanadi. BASIC, PASCAL va DELPHI: butun sonli qiymatlar qabul qiladigan o’zgaruvchilar butun sonli o’zgaruvchilar deyiladi. PASCAL va DELPHI da o’xshash 5 tur o’zgaruvchi bo’lib, bir- biridan qabul qiladigan qiymatlarining chegarasi (diapazoni) va kompyuter xotirasidan egallaydigan joyi (hajmi) bilan farqlanadi. Jadvallarda butun sonli o’zgaruvchilarni tavsiflash uchun maxsus so’zlar, ularga mos qiymatlar chegarasi va egallaydigan xotira hajmi keltirilgan:

Yüklə 59,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin