O’qituvchi: Safarov Ulugbek


Jadval ko’rinishidagi miqdorlar



Yüklə 59,13 Kb.
səhifə7/8
tarix14.12.2023
ölçüsü59,13 Kb.
#179646
1   2   3   4   5   6   7   8
INFORMATIKA 2

Jadval ko’rinishidagi miqdorlar
Kundalik hayotimizda ko’p turdagi jadvallardan foydalanamiz: dars jadvali, shaxmat yoki futbol o’yinlari bo’yicha musobaqa jadvali, lotereya jadvali, karra jadvali, matematik jadval va boshqalar. Biz foydalangan tokchalar ham jadvalga misol bo’ladi. Jadvalni tashkil etuvchilar uning elementlari deyiladi. Jadval ko’rinishidagi miqdorlar bir o’lchovli (chiziqli), ikki o’lchovli uch o’lchovli va hokazo bo’ladi. Biz, odatda, chiziqli va to’g’ri to’rtburchakli jadvallardan foydalanamiz.
Chiziqli jadvallar
Chiziqli jadvallar satr yoki ustun shaklida ifodalanadi. Masalan, sinfingizdagi o’quvchilar ro’yxati sinf jurnalida ustun shaklidagi jadval ko’rinishida yozilgan. O’quvchilarning familiyalari bu jadvalning elementlarini tashkil etadi. Ularning har biri o’z tartib raqamiga ega va har bir tartib raqamga faqat bitta o’quvchining familiyasi mos keladi. Ikki o’lchovli jadvallar ustunlar va satrlardan tashkil topadi (elektron jadvallarga oid mavzularni eslang). Ularning elementlari ustun va satrlar kesishgan kataklarda joylashadi. Bunday jadvallarda biror elementni ko’rsatish uchun uning nechanchi satr va nechanchi ustunda joylashganligini, ya’ni satr va ustun bo’yicha tartib raqamlarini bilish kerak bo’ladi. Demak, ikki o’lchovli jadvalning har bir elementiga ikkita tartib raqami mos keladi.
Massiv
Dasturlash tillarida jadvallar bilan ishlash uchun massiv tushun- chasi kiritilgan. Massiv — jadval ko’rinishidagi miqdor bo’lib, u ma’lum (aniq) sondagi bir turli va tartiblangan (tartib raqamiga ega) elementlar majmuidan iborat. Massiv elementlarining tartib raqami butun sonlarda ifodalanadi. Ular BASIC da manfiy emas, PASCAL va DELPHI da manfiy bo’lishi ham mumkin. Dasturlash tillarida har bir massiv o’z nomiga ega bo’lib, ularni nomlash o’zgaruvchilarni nomlash kabidir. Masalan: a5, dars_jadvali, tub_sonlar. Massiv element (tokcha) larning tartib raqami indeks deb ataladi. Indeks BASIC da oddiy qavs, PASCAL va DELPHI da kvadrat qavs ichida ko’rsatiladi. Masalan, PASCAL va DELPHI da a [5] yozuvi — a nomli massivning beshinchi elementini bildiradi.

Yüklə 59,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin