Dasturlash tillarining tuzilishi Avvalgi boblarda turli ijrochilar bilan tanishdik va algoritmlar tuzdik. Endi ba’zi dasturlash tillarida nomlar, ko’rsatmalar, tuzilmalar va boshqalar qanday bo’lishini korib chiqamiz. Biz ko’rmoqchi bo’lgan dasturlash tillarida o’xshashliklar ko’p. Masalan, ularning alifbosi quyidagi asosiy qismlardan iborat: Lotin alifbosining 26 ta harfi: Aa, Bb, Cc, Dd, Ee, Ff, Gg, Hh, li, Jj, Kk, Ll, Mm, Nn, Oo, Pp, Qq, Rr, Ss, Tt, Uu, Vv, Ww, Xx, Yy, Zz; O’nta arab raqami: 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9; Arifmetik amal belgilari: + (qo’shish), — (ayirish), * (ko’paytirish), / (bo’lish); Munosabat belgilari: =(teng), <> (teng emas), <= (katta emas), >(katta), >= (kichik emas); Maxsus belgilar: (nuqta), (vergul), (nuqtali vergul), (apostrof), (qo’shtirnoq), (undov), (so’roq), % (foiz), $ (dollar belgisi), @ (tijorat belgisi), & (ampersand), (bo’shliq, ekranda tasvirlanmaydi), (,), {,}, [,] (turli qavslar);
Mantiqiy amallar AND («VA» — mantiqiy ko’paytirish amali), OR («YOKI» — mantiqiy qo’shish amali), NOT («EMAS» — mantiqiy inkor amali). Yodingizda bo’lsa, nom va qiymati o’zgaradigan miqdorlar haqida aytib o’tgan edik. Yana dasturlash tillarida quyidagilar qo’llaniladi: Konstantalar (o’zgarmaslar) — dastur ishlashi davomida qiymati o’zgarmaydigan miqdorlar; O’zgaruvchilar — dastur ishlashi davomida qiymati o’zgaradigan miqdorlar; Algebraik ifodalar — arifmetik amallar bilan bog’langan o’zgarmaslar, o’zgaruvchilar va funksiyalar; Operatorlar — dasturlash tilining biror tugallangan amalini berish uchun mo’ljallangan buyrug’i, operatorlar BASIC da «: » bilan, PASCAL va DELPHI da «; » bilan ajratiladi; Funksiya va protseduralar — o’z nomiga ega bo’lgan alohida dastur qismlari (bloklari). Ularga asosiy dasturdan murojaat etiladi;
Nishonlar Nishonlar — dasturda boshqarish uzatilayotgan operatorni ko’rsatadi. Har bir dasturlash tili yuqoridagi tushunchalar bilan bog’liq o’z sintaksisiga, maxsus xizmatchi so’zlariga ega. Dastur yozishdan avval unda ishtirok etadigan miqdorlarni aniqlab olish, o’zgaruvchilarga nom berish va ularni tavsiflash (turini ko’rsatish) kerak bo’ladi. Shundan so’nggina dasturning asosiy qismi boshlanadi. Har qanday dasturlash tili, odatda, quyidagi ikki qismdan tashkil topadi: • tavsiflash qismi, PASCAL va DELPHI da VAR xizmatchi so’zi bilan boshlanib va BEGIN xizmatchi so’zidan oldin tugaydi; • asosiy qism, PASCAL va DELPHI da BEGIN xizmatchi so’zi bilan boshladi hamda END xizmatchi so’zi bian tugaydi.