Dasturlash tillari imkoniyatlari va operatorlari haqida ko’p gapirish mumkin. Har bir dasturlash tili uchun alohida qo’llanmalar yozish mumkin. Chiziqli algoritmlarning dastur shaklida yozilishi chiziqli dastur deb ataladi. Demak, chiziqli dasturdagi amallarni bajarishda hech qanday shart tekshirilmaydi, barcha operatorlar (algoritmdagi ko’rsatmalar) kelish tartibida bajariladi. Yana shuni yodda tutingki, biz DELPHI tilini PASCAL ga o’xshab ketadigan Console Application ilovasida dastur tuzamiz. Shuni inobatga olgan holda dasturning boshida {$apptype console} direktivasi yozilgan bo’lishi kerak.
O’tish va tarmoqlanish operatorlari Biz hozirgacha chiziqli, ya’ni buyruqlari ketma-ket bajariladigan dasturlar bilan tanishdik. Lekin ko’pincha berilgan masalani hal qilishda operatorlarning bajarilish tartibini buzishga, ya’ni boshqarishni dastur bo’yicha orqaga yoki oldinga o’tkazish zarur bo’ladi. Buning uchun dasturning boshqarish uzatilayotgan operatoriga nishon qo’yiladi. Nishon o’zgaruvchining nomi kabi lotin harflari va raqamlar yordamida hosil qilinadi
XULOSA
Deyarli hamma zamonaviy tillarning asosida C yotadi. Bundan tashqari, Turli komputer o'yinlari tuzishda yoki kichik hajmdagi dasturlar tayyorlashda LUA script yoki JavaScript tillari ham keng ishlatilmoqda. Biz sizga xozirgi kunda keng tarqalgan desktop dasturlashda ishlatiladigan dasturlash tillaridan bazilari haqida aytib o'tamiz: Delphi (talaff. délfi) — dasturlash tillaridan biri. Borland firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Delphi dasturlash tili ishlatiladi va avvaldan Borland Delphi paketi tarkibiga kiritilgan. Shu bilan bir qatorda 2003-yildan hozirgacha qoʻllanilayotgan shu nomga ega bulgan. Object Pascal — Pascal tilidan bir qancha kengaytirishlar va toʻldirishlar orqali kelib chiqqan boʻlib, u ob'yektga yoʻnaltirilgan dasturlash tili hisoblanadi. Avvaldan ushbu dasturlash muhiti faqatgina Microsoft Windows amaliyot tizimi uchun dasturlar yaratishga mo'ljallangan, keyinchalik esa GNU/Linux hamda Kylix tizimlari uchun moslashtirildi, lekin 2002-yilgi Kylix 3 sonidan so'ng ishlab chiqarish to'xtatildi, ko'p o'tmay esa Microsoft.NET tizimini qo'llab quvvatlashi to'g'risida e'lon qilindi. Lazarus proekti amaliyotidagi (Free Pascal) dasturlash tili Delphi dasturlash muhitida GNU/Linux, Mac OS X va Windows CE platformalari uchun dasturlar yaratishga imkoniyat beradi. Visual Basic (talaffuzi: "Vijual Beysik") – Microsoft korporatsiydan dasturlash tili va uning uchun dasturlash muhitdir. U BASICdan ko`p tushunchalar oldi va tez rasmli interfeys bilan dasturlar taraqqiyot ta`minlaydi. Oxirgi versiya 6.0 1998 yilda reliz kelishdi. Microsoftdan voris Visual Basic .NET 2002 yilda paydo bo`ldi. Java dasturlash tili - eng yaxshi dasturlash tillaridan biri bo'lib unda korporativ darajadagi mahsulotlarni(dasturlarni) yaratish mumkin.Bu dasturlash tili Oak dasturlash tili asosida paydo bo'ldi.
Quyidagi jadvalda programmalash tillari haqida ma'lumotlar keltirilgan.